Mansur bin Ammor
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mansur bin Ammor — hukamo va ulamo[1], “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi[2][3]. Kunyasi – Abussariy. Marv yoki Bovard shahridan ekanligi haqida ixtilof bor. Xuroson va Iroqda mashhur[1].
Mansur bin Ammor haqida “Tabaqot us-soʻfiya”, “Hulyat ul-avliyo”, “Risolat al-Qushayriya”, “Kashf ul-mahjub”, “Al-Fehrist”, “Tazkirat ul-avliyo”, “Taʼrixi guzida”, “Tabaqot ul-avliyo”, “Nafahot ul-uns” kitoblarida qaydlar mavjud. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.
- ↑ 3,0 3,1 Nasoyim ul-muhabbat.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Mansur bin Ammorga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |