Kontent qismiga oʻtish

Manqofdagi bino yongʻini (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Manqofdagi bino yongʻini
Map
Binoning joylashuvi, Manqof, Quvayt

2024-yilning 12-iyunida Quvaytning Ahmadi viloyatidagi Manqof shahridagi turar-joy binosida ertalab yongʻin kelib chiqqan va natijada 50 nafar mehnat muhojiri halok boʻlgan[1][2]. Qurbonlarning aksariyati tutundan nafas olish natijasida vafot etgan, qolganlari esa yiqilib jarohatlangan. Bino egasi hibsga olingan[3].

Voqea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yongʻin UTC boʻyicha soat 06:00 da (GMT 03:00) 196 nafar ishchi istiqomat qiladigan olti qavatli turar-joy binosining birinchi qavatida kelib chiqqan.

Yongʻin xavfsizlik xonasida boshlanib, oshxonaga tarqalgan, u yerda 20 dan ortiq karbonat angidrid gaz ballonlari va boshqa yonuvchan materiallar mavjud boʻlib, bu yongʻin tez tarqalishiga imkoniyat yaratgan[4][5]. Yongʻin binoning pastki qismini qamrab olgan, yuqori qavatlardan quyuq qora tutun koʻtarilgan[6]. Oʻlim holatlarning koʻpchiligi uyqu paytida tutundan nafas olish natijasi sifatida qayd etilgan[7][8], bir nechta qurbonlar esa yiqilishdan jarohatlanib halok boʻlgan. Xavfsizlik xizmati vakillari 67 kishini qutqarishga muvaffaq boʻlgan[9]. Qutqaruv ishlari davomida besh nafar oʻt oʻchiruvchi jarohatlangan[10]. Oʻt oʻchiruvchilar yetib kelganidan 10 daqiqa oʻtib yongʻinni oʻchirishgan[11].

Dastlabki tergov natijalariga koʻra, yongʻin binoning birinchi qavatida joylashgan qoʻriqchi xonasida elektr tokining qisqa tutashuvi[12] natijasida kelib chiqqan. Xonadonlar va xonalarni bir-biridan ajratish uchun devor sifatida yonuvchi materialdan foydalanib qurilganligi sababli yongʻin tez tarqagan. Shuningdek, jabrlanuvchilarning tom tepasiga qochishiga qulflangan eshik toʻsqinlik qilganligi aniqlangan[11].

Qurbonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yongʻin oqibatda 50 kishi halok boʻlgan, yana 50 ga yaqin kishi yaralanib, shifoxonaga yetkazilgan. Qurbonlarning barchasi mehnat muhojirlari boʻlib, aksariyati Hindistondan kelgan[1]. Hindiston elchixonasi xodimlari jarohatlanganlarni kasalxonalarga borib koʻrgan[13]. 14-iyun holatiga koʻra, 48 nafar jasadning shaxsi aniqlangan[14]. Bu Quvaytda 2009-yilda 57 kishining hayotiga zomin boʻlgan yongʻindan keyingi ikkinchi eng koʻp odam halokat boʻlgan yongʻin boʻldi[11].

Halok boʻlganlarning kamida 46 nafari Hindistondan, shu jumladan kamida 23 nafari Keraladan[lower-alpha 1][15][16][17][18], yetti nafari Tamil Nadudan, uchtasi Andhra-Pradesh va Uttar-Pradeshdan, ikkitasi Odisha va qolganlari Bihar, Haryana, Jharxand, Karnataka, Panjob, Maharashtra va Gʻarbiy Bengaliya hududlaridan kelgan mehnat migrantlaridir[19][20]. Ularning yoshi 20 dan 50 gacha[21] boʻlgan. Hududdagi kasalxonalar yongʻindan jarohatlangan 56 nafar bemorni qabul qilgan[22]. Taxminan 50 nafar hindistonlik jarohatlangan[6], 30 dan ortigʻi al-Adan kasalxonasida davolangan, keyinchalik Hindistonning Quvaytdagi elchisi Adarsh Svayka bu yerga tashrif buyurgan[23]. Uch nafar filippinlik ishchi ham halok boʻlgan[24], yana ikkitasi ogʻir ahvolda[25]. Yaralanganlar orasida Nepal fuqarolari ham bor[6].

Quvaytda mehnat muhojirlarining soni juda yuqori, ammo inson huquqlari guruhlari ularning yomon turmush sharoitini qayd etgan[6]. 2022-yildan 2024-yilgacha Quvaytda 1400 dan ortiq hindistonlik ishchi halok boʻlgan va Hindistonning Quvayt shahridagi elchixonasiga 2021-yil martidan 2023-yil dekabrigacha toʻlovlarni kechiktirish, taʼqib qilish va sifatsiz turar joy tufayli 16 423 ta shikoyat kelib tushgan. Koʻp sonli muhojirlar COVID-19 pandemiyasi tufayli Hindistonga qaytib ketgan[26].

Oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh vazir oʻrinbosari Shayx Fahad Yusuf al-Sabah bino egasini hibsga olishga buyruq bergan va qurilish meʼyorlarining buzilishi falokatga olib kelganligini aytgan[27][28] . Keyinroq bino egasi ehtiyotsizligi uchun hibsga olingan[29][30].

Fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bu holatni „qaygʻuli“ deb atagan hamda qurbonlar va ularning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. U vafot etgan hindistonlik har bir fuqaroning oilasiga Bosh vazirning yordam jamgʻarmasidan 200 000 (2,394 AQSh dollari) miqdorida imtiyozli yordam berilishini eʼlon qilgan. Hindiston tashqi ishlar vaziri S.Jayshankar ham hamdardlik bildirgan, tashqi ishlar davlat vaziri Kirti Vardxan Singx vafot etganlar oilasiga yordam koʻrsatishini va halok boʻlganlarni vataniga qaytarishini aytib oʻtgan[29]. 14-iyun kuni ularning jasadlari Hindiston havo kuchlari samolyoti bortida Hindistonga qaytarilgan. Samalyot birinchi navbatda Hindiston janubidagi Kochi shahrida toʻxtab, shu yerlik qurbonlar murdasi ularning oilasiga topshirilgan va qolgan qurbonlar bilan Dehliga yoʻl olgan[31].

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Quvayt nomidan hamdardlik bildirganlar, qirol jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilagan[32]. Birlashgan Arab Amirliklari va Eron tashqi ishlar vazirliklari ham hamdardlik bildirishgan[33][34].

13-iyun kuni Kerala Katolik Yepiskoplari Kengashi (KCBC), Kerala shtatining mintaqaviy yepiskoplari kengashi barcha qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan. Keralada hodisa oqibatida eng koʻp sonli qurbonlar boʻlganligi maʼlum qilingan – jami 26 nafar qurbon, ularning koʻpchiligi xristian boʻlgan. Kengashning matbuot kotibi, Jacob ota Palakkappilli, jarohatlanganlarning tezroq tuzalib ketishi uchun ibodat qilishlarini qoʻshimcha qilgan[35].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Denny Baby's family with family roots in Karunagappally was settled in Virar, Maharashtra, at the time of his death. So he is not included as Keralite.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Greenall. „Forty Indians among 50 dead in Kuwait block fire“. BBC (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  2. „One more Indian succumbs to injuries in Kuwait building blaze fire caused by electrical short circuit“. The Week. 2024-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  3. „Kuwait Makes Three Arrests In Building Fire Tragedy That Killed 50 Foreign Workers“. Times Now (2024-yil 14-iyun). 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  4. Salem. „Kuwait building fire: Dozens of people killed“. CNN (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  5. „Kuwait Fire: Several Indians killed, Jaishankar calls it shocking. Here is all you should know“. The Economic Times. 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Greenfall. „Kuwait fire: Dozens dead as blaze engulfs residential block“. BBC (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  7. „At least 35 killed in building fire in southern Kuwait“. Khaleej Times (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  8. „Most Kuwait victims died in sleep after inhaling smoke“. The Times of India. 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  9. „Fire in Kuwait labour camp shocks Kerala, people on tenterhooks as details of dead and injured awaited“. The Hindu (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  10. „45 Indians among 49 dead in Kuwait fire, many burnt beyond recognition“. India Today (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  11. 11,0 11,1 11,2 „49 Killed in Mangaf Inferno“. Kuwait Times (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  12. „Mangaf Blaze Tragedy Traced to Electrical Fault“. Arab Times (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  13. „Kuwait building fire: 30 Indian workers among dozens killed; PM Modi issues statement“. Khaleej Times. 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  14. „IAF aircraft from Kuwait with mortal remains of 45 Indian victims; to land in Kochi early on June 14“. The Hindu (2024-yil 14-iyun). 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  15. „Kuwait fire: Bodies of 31 victims arrive in Kerala, public pay homage to deceased at Kochi aiport“. Onmanorama. 2024-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  16. „Kuwait Fire LIVE Updates: Death toll rises to 46 as yet another Indian succumbs to injuries“. Mint. 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  17. „Fire in Kuwait building kills 49 foreign workers“. Reuters (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  18. „Maharashtra accountant killed in Kuwait building fire, mortal remains arrive today“. India Today (2024-yil 14-iyun). 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-iyun.
  19. „Kuwait fire: India brings back bodies of 45 workers“. BBC News (2024-yil 14-iyun). 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  20. „Bodies Of 45 Indians Who Died In Kuwait Fire Reach Kerala“. NDTV. 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  21. „Kuwait fire tragedy: Deputy PM blames 'greed' as 40 Indians killed; Modi calls urgent meeting“. Hindustan Times (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  22. „Kuwait building fire kills at least 49 Indian workers“. The Guardian. 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  23. Mostafa. „Almost 50 people killed in fire in southern Kuwait“. The National (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  24. Casucian. „3 Filipinos dead in Kuwait building fire —DMW“. GMA News (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  25. Hernandez. „3 Filipinos die in Kuwait building fire: DMW“. ABS-CBN (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  26. Bhaumik. „As fire tragedy claims 49 lives, focus back on Kuwait where over 1400 Indian workers died in past two years“. Deccan Herald. 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  27. „At least 41 dead in fire at building housing workers in Kuwait“. Al Jazeera. 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  28. Chaudhury, Dipanjan Roy. „Kuwait fire tragedy: Emir orders probe; authorities launch crackdown“. The Economic Times (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-iyun. „He has ordered the arrest of the Kuwaiti landlord of the building where fire broke out.“.
  29. 29,0 29,1 „Scores killed in Kuwait building housing hundreds of foreign workers“. France 24 (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  30. „Al-Mangaf building fire: Focus shifts to corruption, sad plight of migrant workers in Kuwait“. The New Indian Express (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  31. „India brings back bodies of 45 workers from Kuwait“. BBC. 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  32. „Saudi leaders send condolences to Kuwait's emir over victims of deadly fire“. Arab News (2024-yil 12-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  33. „UAE expresses solidarity with Kuwait over victims of fire“. Gulf Today. 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  34. „Iran condoles with Kuwait gov., people on deadly fire“. Mehr News Agency. 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  35. „Indian Bishops saddened over tragic fire mishap in Kuwait“. Herald Malaysia Online (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.