Qisqa tutashuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qisqa tutashuv — elektr zanjiri oʻtkazgichlarida hosil boʻladigan zararli elektr kontakti; oʻzgaruvchan tok tarmogʻida fazalarning Yer bilan tutashuvi natijasida (1 fazali), oʻzgarmas tok tarmogʻida qutblar orasida yoki qutb bilan Yer orasida sodir boʻladi. Qisqa tutashuv elektr qurilmalar oʻtkazgichlarining yaxshi izolyatsiyalanmaganligidan, tok zanjirida elektr tokining haddan tashqari ortib ketishidan kelib chiqadi va elektr qurilmalarining buzilishiga olib keladi. Qisqa tutashuv reley muhofazasi yoki oson eruvchan saqlagichlardan foydalanib bartaraf qilinadi.