Mannop tabib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdumannop Abdunabiyev
Tavalludi 1867-yil
Toshkent
Vafoti 1950-yil
Kasbi tabib
Faoliyat yillari 1930-1940-yillar
Bolalari Abdushukur Mannonov(nabirasi)

Mannop tabib — Abdumannop Abdunabiyev (1867-1950) Toshkent shahar Sebzor dahasidagi Xoʻjatarashkan mahallasida tabib oilasida dunyoga kelgan. Otasi- Abdunabi, bobolari Abdullajon va Mahammadrajab ham tabib boʻlib oʻtishgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-1940-yillarda Toshkent aholisi oʻrtasida mashhur boʻlgan va koʻplab bemorlarning dardlariga davo topgan. Hafaqon, bezgak hamda qorin, bosh, quloq, koʻz ogʻriqlari, oyoq va qoʻl chiqishi, sinishi, yara-chaqalar va boshqa koʻplab hastaliklar bilan murojaat qilgan bemorlarga shifo baxsh etgan. Koʻplab kasalliklarga davo topa olgani uchun oʻz davrida xalq orasida mashhur boʻlgan. Bemorlarni davolash uchun oʻz usulida tayyorlangan dorilardan foydalangan.
Mannop tabib bemorlarni xalq tabobati usulida davolanyotgani usulida davolayotganligidan xabar topgan mashhur terapevt, ToshTI (hozirgi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi) professori M.I.Slonim (1875-1945) Mannop tabib bilan uchrashgan va undan kuydirgi kasalligini davolash boʻyicha maslahatlar olgan. Mannop tabib shifokorlar bilan boʻlgan munozara va tortishuvlarda ekzemaraz, qichima-qoʻtir, sariq kasal, bod, rak-qiltimoq va boshqa kasalliklarni davolashda xalq tabobati usullaridan foydalanish haqida soʻzlab bergan.
Yozuvchi Mavlon Ikrom esdaliklariga koʻra, Mannop tabib osteoporoz (suyak boʻshashishi) va boshqa xastaliklarni davolaganligi uchun davlat tomonidan tabiblik faoliyati patentlashtirilgan, shu sababli beʼmorlarni erkin davolashga ruxsat etilgan. Xabibulla Qodiriyning „Otamdan xotira“ kitobida bayon qilinishicha, Mannop tabib oʻsha davrdagi koʻp yozuvchi va shoirlar, ziyolilar, jumladan Abdulla Qodiriy bilan ham yaqin munosabatda boʻlgan. Mannop tabib haqida xalq oʻrtasida turli xil rivoyatlar mavjud.
Mannop tabib Zaxariq qabristoniga dafn etilgan.

Avlodlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabibning nabirasi teri-tanosil kasalliklari boʻyicha tibbiyot fanlari doktori Abdushukur Mannonov bobosi kasbini egallab, bemorlarning dardlariga davo topib kelmoqda[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Mannop tabib". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. 317. 
  2. https://shosh.uz/mannop-tabib/