Mannon Aliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aliyev Mannon Gaffarovich – (1945-yil 19-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan) iqtisod fanlari nomzodi, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mannon Gaffarovich Aliyev 1945-yil 19-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini duradgor sifatida 1960-yilda boshlagan. Ish jarayonida sanoat sohasidagi izlanish va qiziqishlari Toshkent xalq xo‘jaligi institutida (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) taʼlim olishga yetaklagan. 1969-yili oliy ta’limni tamomlab, harbiy xizmatga yuborilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

M.G.Aliyev Toshkent xalq xo‘jaligi institutida stajyor (ish o‘rganuvchi) sifatida qabul qilingan va shu yerda aspirantura yo‘nalishida o‘qishini davom ettirib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Uning jamiyat rivoji yo‘lida qo‘shgan xizmatlari munosib baholanib,

  • 1981-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni bilan taqdirlangan. Jamoat ishlaridagi faol ishtiroki sabab
  • 1980-1985 yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumani Xalq deputatlari,
  • 1985-1988-yillarda Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati etib saylangan. Mustaqillikning dastlabki yillarida
  • O‘zbekiston Davlat qurilish komiteti qoshidagi Menejerlar tayyorlash markazi direktori;
  • 1993-1996-yillarda Toshkent moliya instituti prorektori lavozimida ishlagan.
  • 1996-2001-yillarda bank tizimida kadrlar tayyorlashga maqsadida Mintaqalararo (O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston) bank o‘quv markazi Bosh direktori etib tayinlangan.
  • 1998-2005-yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bank institutlari assotsiatsiyasi vitse prezidentligiga saylangan.
  • 2001-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida;
  • 2014-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ilmiy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1981-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi”;
  • 2000-yilda „Ustoz” faxriy unvoni;
  • „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi”;
  • „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
  • 2003-yilda AQShning „Amaliy biznes” instituti;
  • 2004-yilda Niderlandiyaning Maastrixt universiteti faxriy professorligiga saylangan.

2015-yil 20-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish, demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishning faol ishtirokchisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati, O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi aʼzosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyati, partiya dasturiy g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

G.Aliyev mehnat faoliyati davomida o‘ndan ortiq shogirdlarni tayyorlagan va ular milliy iqtisodiyot rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Uning beshta monografiya, ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklari, 100 dan ortiq ilmiy maqola hamda tezislari nashr qilingan. Ilmiy maqola va tezislari qator xorijiy davlatlar, jumladan, AQSh, Yaponiya, Belgiya, Gollandiya, Misr, Buyuk Britaniya, Shvetsiya kabi davlatlarda chop etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://lex.uz/docs/-3119965?otherlang=1