Mamatxan Karabaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Professor Mamatxan Karabaev

Mamatxan Sadirovich Karabaev (tugʻ. 1971-yil, Chimkent viloyati, Qozogʻiston SSR) —geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi (1990), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (2017), professor (2019).


Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamatxan Karabaev 1961-yil 29-mayda Chimkent viloyatida tugʻilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetini muhandis-geolog mutaxassisligini tamomlagan. 1990-yilda geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻldi. 2017-yilda Auminzatau va Bukantau togʻlaridagi oltin va oltin-nodirmetalli maʼdanlashuvning mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va qidiruv-baholash mezonlari mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va geologiya- mineralogiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 2019-yilda professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-2020-yillarda Geologiya va geofizika instituti mineralogiya va geokimyo boʻlimida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim va boʻlim mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2010-2015-yillar O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Geologiya fanlari universiteti professori. Geologiya va geofizika instituti DSs.24/30.10.2020.GM.125.01 raqamli, „Mineral resurslar instituti“ DSs.24/30.12.2019.GM.40.01 raqamli, Tojikiston Respublikasi Geologiya va seysmologiya instituti 6D.KOA-OS7 raqamli, Qirg‘iziston Respublikasi Geologiya va Seysmologiya intitutlari qoshidagi D25.23.677 raqamli Ilmiy kengashlari aʼzosi. Faoliyati davomida 25 ortiq ilmiy loyihalar ishtirokchisi va rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 110 dan ortiq ilmiy ishlar, monografiyalar, shuningdek, ilmiy va amaliy hisobotlari muallifi. 3 nafar falsafa doktori va 20 dan ortiq magistrni yetishtirib chiqargan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda „Sodiq xizmatlari uchun medali“ bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]