Kontent qismiga oʻtish

Mamanazar Jumayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamanazar Ergashevich Jumayev
Tavalludi 29-dekabr 1960-yil (1960-12-29) (63 yosh)
Sherobod, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi matematik olim
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Termiz davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Mamanazar Ergashevich Jumayev (1960-yil 29-dekabr, Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Mamanazar Jumayev 1960-yil 29-dekabr Sherobod tumanidagi Poshxurt qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan[1]. Otasi Jumayev boshlangʻich taʼlim va matematika oʻqituvchisi boʻlgan.1980—1984-yillarda Termiz davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetida tahsil olgan. 1984—1996-yillarda Sherobod tumanidagi 33-maktabning matematika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1996—1997-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti stajyor-tadqiqotchisi, 1997-2002-yillarda institut oʻqituvchisi, 2002—2006-yillarda matematika kefedrasi dotsenti sufatida faoliyat olib borgan. Hozirda boshlangʻich taʼlimda matematika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan[1]. 300 dan oritq maqolalar, 2 ta monografiya hamda oliy taʼlim muassasalari uchun „Oliy matematika“, „Matematika oʻqitish metodikasi“, „Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi“ darsliklari; „Matematika oʻqitish metodikasidan praktikum“, „Matematika oʻqitish metodikasidan laboratoriya mashgʻulotlari“ oʻquv qoʻllanmalari, pedagogik yoʻnalishdagi kasb-hunar kollejlari uchun „Matematika oʻqitish metodikasi“, „Bolalarda boshlangʻich matematik tushunchalarni rivojtirish nazariyasi va metodikasi“ oʻquv qoʻllanmalari, oʻzbek, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman, qoraqalpoq tillarida oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablarining 1-sinfi uchun „Matematika“ darsligi, „Matematika daftari“, „Oʻqituvchi kitobi“ singari 10 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.