Malohat Isʼhoqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Malohat Isʼhoqova
Tugʻilishi 15-yanvar 1925 (1925-01-15) (94 yosh)

Malohat Isʼhoqova (15-yanvar 1925-yil Margʻilonda tugʻilgan) — oʻzbek raqqosasi, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Yangiyoʻl teatrida (1942—49), Muqimiy teatrida (1949—54) yakka raqqosa. Andijon teatrida raqqosa va bosh baletmeyster (1954— 80; 1989-yildan). 1980—84-yillar Andijon viloyat filarmoniyasining direktori. Usta Olim Komilov, Mukarram Turgʻunboyeva, I. Oqilov, R. Karimova va boshqalardan raqs sirlarini oʻrgangan. Ijodining shakllanishiga M. Turgʻunboyevaning raqs yoʻli katta taʼsir koʻrsatgan. Raqslari nafis va nazokatli, shodon va mardonavorligi bilan ajralib turadi. "Tanavor", "Munojot", "Siynaxiroj", "Goʻzal tong", "Nay navosi", "Gulruh", buxorocha, tojikcha, xorazmcha, hindcha va boshqa raqslarni mahorat bilan ijro etgan. "Aziz va Sanam", "Nurxon", "Vatan ishqi", "Nodira", "Ravshan va Zul-xumor" kabi spektakllarning raqslarini sahnalashtirgan. Andijon viloyatida "Qirq qiz", "Andijon samosi", "Baxt", " Yoshlik" ashula va raqs ansambllari, Andijon shahar 2-madaniyat uyi qoshidagi "Maqomchilar" xalq ansamblining tashkilotchisi.

Manbalar[tahrir]