Mallatukli g‘ingpashsha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mallatukli g‘ingpashsha
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Oila: Syrphidae
Urugʻ: Eumerus
Turlari: Mallatukli g‘ingpashsha
Xalqaro ilmiy nomi
Eumerus rufipilus Peck, 1969

Mallatukli g‘ingpashsha ( lat. Eumerus rufipilus ) — g‘ingpashshalar (Syrphidae) oilasiga mansub bo‘lib, Ildiz yeyuvchi (Eumerus) turkumiga kiruvchi kamyob turi sanaladi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan .

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta Osiyo: Qirgʻiziston, Oʻzbekiston (Hayot, Nurota tizmasi) .

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunday kichik g‘ingpashshalar turining qorin dumaloq va tanasida sarg‘ish belgilari bo‘ladi . Quruq aralash o‘tli dashtlar va  shag‘al va mayda tuproqli yonbag‘irlarida (d.s.b. 1500–2000 m) yashaydi. Kam o‘rganilgan. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi iyunda; soyabonguldoshlarning (Apiaceae) gullarida, lichinkalari piyozguldoshlarda (Liliaceae) oziqlanadi. Bir necha donasigina uchragan. Bu tur 1969-yilda sovet dipterologi Lyudmila Vladimirovna Pek (Qirg‘iziston SSR Fanlar akademiyasining Biologiya instituti) tomonidan qayd etilgan[1][2] .

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daraxt va butalarning kesib tashlanishi, me’yorsiz pichan tayyorlash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nurota qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, hayot tarzi va sonini yetarlicha o‘rganish lozim.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Пэк Л. В. Материалы по фауне мух-сирфид (Diptera, Syrphidae) Киргизии // Энтомологические исследования в Киргизии. Фрунзе, 1968. С. 94-127.
  2. Peck L. V. Family Syrphidae II Catalogue of Palaearctic Diptera. Vol. 8. Syrphidae-Conopidae. Budapest, 1988. P. 11-230.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные. Ташкент: Chinor ENK, 2009. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]