Malik Abdusamatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malik Abdusamatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-aprel 1928-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Vafoti 29-oktyabr 2008-yil(2008-10-29)
(80 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston

Malik Shoaxmedovich Abdusamatov (4-aprel 1928-yil — 2008-yil) — sovet va oʻzbek sharqshunos — eronshunosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent[1]. Oʻzbekistonning mashhur sharqshunos va eronshunoslaridan biri, Oʻzbekistondagi eronshunoslik maktabining yorqin namoyandalaridan biri. U oʻzbek tilida fors tiliga oid bir qator darslik va kitoblar, jumladan, mashhur fors tili darsligi muallifi sifatida tanilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malik Abdusamatov 1928-yil 23-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1950-yilda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharq fakultetining Eron-Afgʻon boʻlimini tamomlagan[1]. Universitetni tugatgach, 1954-yilgacha aspiranturada ishladi. 1954-1956-yillarda Moskva xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasida ishlagan.

1957-1958-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi (hozirgi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi) Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim boʻlgan. 1959-yildan Malik Shoaxmedovich fors tili katta oʻqituvchisi lavozimida ishlay boshladi. 1974-yilda esa u „Fors tili darsligi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.[2] 1976-yilda dotsent lavozimida ishlagan.[3]

1979-yildan Malik Shoaxmedovich Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharq fakulteti Eron-afgʻon filologiyasi kafedrasi dotsenti. 1990-2005-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Sharq tillarini oʻqitish pedagogikasi va metodikasi kafedrasi mudiri.[3]

1995-yilda Eron poytaxti Tehronda boʻlib oʻtgan fors tilini oʻrganish boʻyicha xalqaro anjumanda qatnashdi.

Malik Abdusamatov 2008-yilda 80 yoshida vafot etdi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 http://sharqshunos.uz/abdusamatov-malik-shaahmedovich-kandidat-filologicheskih-nauk-dotsent/[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 arxiv nusxasi, 2021-11-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-11-23
  3. 3,0 3,1 https://ru.unionpedia.org/%D0%90%D0%B1%D0%B4%D1%83%D1%81%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D1%82%D0%BE%D0%B2,_%D0%9C%D0%B0%D0%BB%D0%B8%D0%BA_%D0%A8%D0%B0%D0%B0%D1%85%D0%BC%D0%B5%D0%B4%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%87