Malang
Malang — Indoneziyadagi shahar, Yava o.ning sharqiy qismida, Semeru vulkani etagida. Aholisi 765 ming kishi (1990-yillar oxirlari). Transport yoʻllari tuguni. Brantas daryosi havzasidagi plantatsiyalar (kofe, kauchuk, shakarqamish) rayonining savdo markazi. Malang mahsulotlari qayta ishlanadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, mebel korxonalari, tamaki fabrikasi, universitet bor. Shahar yaqinida Kidal (13-asr oʻrtalari), Singasari (1300), Jago (13-asr) ibodatxonalari saqlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |