Maksim Shevchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Maksim Shevchenko

jurnalist, teleboshlovchi
Tugʻilishi
Shevchenko Maksim Leonardovich

22.02.1966
Fuqaroligi Maksim Shevchenko Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Nadejda Kevorkova
Bilimi MDU, Moskva aviatsiya instituti

Maksim Leonardovich Shevchenko (rus. Макси́м Леона́рдович Шевче́нко; 22-fevral, 1966-yil; Moskva, SSSR) — Rossiyalik jurnalist va teleboshlovchi. 2008–2010-yillarda Rossiya Federatsiyasi Jamiyat palatasi aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir]

Maksim Leonardovich Shevchenko 1966-yilning 22-fevral kuni Moskvada tugʻilgan. Uning bobosi gʻarbiy Belorussiya dehqonlaridan kelib chiqgan. Bobosi professor boʻlib, Ulyanovsk pedagogika institutida fizikadan dars bergan va beshta tilni mukammal bilgan. Dunyoqarashi boʻyicha kommunist boʻlgan. Buvisi esa Sibirdan boʻlib, keyinroq ular Moskvaga koʻchib kelishgan. Otasi millati boʻyicha ukrain. Turkmaniston, Manqishloq va Sibirda geofizik boʻlib ishlagan[1][2].

Maksim Shevchenko olmon tili chuqur tadqiq qilinadigan maxsus maktabda tahsil olgan[3]. 1990-yilda Moskva aviatsiya isntitutini tugatgan. Leksiyalar kursini Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika instituti madaniyat va arab tili boʻyicha oʻtgan.

1989–1991-yillarda «Vestnik xristianskoy demokratii» gazetasida muharrir, 1991–1995-yillarda «Radonej-Yasenevo» gimnaziyasida tarix oʻqituchisi, 1994–1995-yillarda «Pervoye sentyabrya» gezetasida muharrir boʻlib ishlagan. Shu ishlar bilan birga, 1991-1996-yillarda «Tvyordiy znak» gazetsi bosh mudiri boʻlgan.

«Nezavisimaya gazeta»da 1996-yildan maxsus polosani yuritgan. Ushbu gazetada ishlayotgan vaqtda bir necha marotaba «qizdirilgan nuqtalarga» maxsus safarlarni amalga oshirgan. Jumladan: 1996–1997-yillarda Afgʻonistonga, 1996-1998-yillrda esa bir necha marta Shimoliy Kavkazga, yaʼni Checheniston va Dogʻistonga safar qilgan.

Maksim Shevchenko koʻplab adabiy va ijtimoiy maqolalar avtori[4]. Ukrainada 2004-yilgi prezidentlik saylovlarida Viktor Yanukovich shtabi aʼzosi boʻlgan[5].

2005-2011-yillarda Rossiyaning birinchi kanalida «Sudite sami» analitik koʻsatuvini olib borgan. 2008-2010-yillarda Rossiya Federatsiyasi Jamiyat palatasi aʼzosi edi. Mediaideolog Marina Lesko bilan birga «Ostona virtual olamda Second Life» proektini qoʻllagan[6].

2012-yilning 26-yanvaridan to oʻsha yilning yozigacha, Birinchi kanalda «V kontekste» koʻrsatuvini olib borgan.

Jamiyatdagi oʻrni[tahrir]

  • 2008—2010-yillarda Rossiya Federatsiyasi Jamiyat palatasi aʼzosi.
    • Kavkazda fuqarolik jamiyati instituti va jamiyat dialogi guruhi rahbari (2010-yil);
    • Jamiyat palatasinig Millatlararo munosabat va soʻz erkinligi komissiyasi aʼzosi (2008—2010-yillarda).
  • «Proekt-zakona.ru» federal portali soveti aʼzosi.
  • Anti-oranj komiteti aʼzosi.
  • «Izorskiy klub»ning muntazam aʼzosi.

Oilasi[tahrir]

Maksim Shevchenkoning xotini jurnalist Nadejda Kevorkova. Bir nafar oʻgʻli bor[7].

Manbalar[tahrir]