Maikel Aerts

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maikel Aerts
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Maikel Aerts
Tavallud sanasi 26-iyun 1976-yil (1976-06-26) (47 yosh)
Tavallud joyi Eindhoven, Niderlandiya
Boʻyi 1.96 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Eindhoven (darvozabon murabbiyi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Wilhelmina Boys
1988—1994 PSV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—2001 Den Bosch 107 (0)
2001—2002 Germinal Beerschot 9 (0)
2002—2004 RBC Roosendaal 51 (0)
2004—2007 Feyenoord 8 (0)
2004—2005RBC Roosendaal (ijara) 21 (0)
2007Willem II 7 (0)
2007—2010 Willem II 81 (0)
2010—2012 Hertha BSC 24 (0)
Boshqargan klublari
2017- FC Eindhoven (darvozabon murabbiyi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Maikel Aerts (talaffuzi: Maykl Arts;1976-yil 26-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aerts faoliyatini FC Den Boschda boshlagan. „Den Bosch“dagi uchinchi mavsumida, zaxira darvozaboni boʻlgan. Aerts kokain uchun ijobiy testdan soʻng KNVB tomonidan 12 oyga diskvalifikatsiya qilindi, Gollandiya musobaqalarida giyohvand moddalarni isteʼmol qilish boʻyicha taqiqlangan birinchi futbolchi boʻldi[1]. Klub safida 107 ta oʻyinda maydonga tushdi (1994—2001). Angliyaning „Wolverhampton“ klubiga keyingi transfer Aertsning dori-darmon tekshiruvidan oʻtishdan bosh tortgani sababli amalga oshmadi[2]. 2001-yilda Belgiyaning Germinal Beerschot jamoasiga oʻtdi va klubda jarohati tufayli bor-yoʻgʻi toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi[3].

Keyin Gollandiyaga qaytib, 2002-yilda RBC Roosendaal bilan shartnoma imzoladi. U yerda yelkasidan jarohat olganiga qaramay, Erediviziyadagi eng yaxshi darvozabonlardan biri sifatida namoyon boʻldi. Keyin olti oy davomida maydonga tusha olmadi[4]. Kuchli oʻyinlari natijasida „Feyenoord“ 2004-yilning 4-iyulida bilan shartnoma imzoladi[5][6].

2005—2006-yilgi mavsumdagi jiddiy xatolardan soʻng, bosh murabbiy Ervin Kuman Aertsni zaxiraga qoʻydi va 2006-yilning iyulida klubning farm-klubiga tushirildi[3]. „Feyenoord“ tomonidan transfer roʻyxatiga kiritilgan va „Witess“ va Angliyaning „ West Bromwich Albion“ klubida sinovlardan oʻtgan soʻng[3] Aerts 2007-yil 18-iyunda Villem II bilan ikki yillik shartnoma imzolashga qaror qildi[7]. Willem II safida 2007-yil 3-fevralda Eredivizionda Herakles Almeloga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushdi[8].

2010-yil 3-iyunda 36 yoshida Aerts Gollandiyani tark etdi va Germaniya 2.Bundesliga klubi Hertha BSC bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[9][10]. Ikki mavsumdan keyin erkin agent boʻdi. Berlin klubida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi va jamoa bilan 2010—2011-yilgi mavsumda Bundesligaga koʻtardi[3]. Hertha BSCni tark etganidan keyin nafaqaga chiqdi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eindhoven FK[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 6-iyulida Aerts „Eindhoven“ klubiga darvozabonlar murabbiyi sifatida ishga qabul qilindi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aerts K-1 boʻyicha uch karra jahon Gran-pri chempioni Piter Aertsning jiyani.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zware schorsing Aerts wegens cocaïnegebruik valt licht uit“ (niderlandcha). Trouw.nl. Trouw (31-oktabr 1997-yil). Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
  2. „Den Bosch laat Maikel Aerts vallen“. VI.nl. Voetbal International (21-iyul 2001-yil). Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Teunisse. „Lachen, huilen en snuiven: de onfortuinlijke carrière van Maikel Aerts“. VICE.com. VICE (12-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
  4. „Maikel Aerts ontstijgt RBC Roosendaal“. VI.nl. Voetbal International (11-fevral 2004-yil). Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
  5. „Aerts moves to Feyenoord“. UEFA.com. UEFA (5-iyul 2004-yil). Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
  6. „Maikel Aerts tekent contract“. Feyenoord.nl. Feyenoord (7-iyul 2004-yil). Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
  7. „Doelman Aerts definitief naar Willem II“. Trouw.nl. Trouw (18-iyun 2007-yil). Qaraldi: 10-avgust 2020-yil.
  8. „Tactical Formation“. Football-Lineups.com. Qaraldi: 7-fevral 2007-yil.
  9. „Hertha verpflichtet Maikel Aaerts“ (olmoncha). Hertha BSC. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2012-yil.
  10. „Hertha BSC verpflichtet Maikel Aerts als Drobny-Nachfolger“ (olmoncha). sportmedien.eu (3-iyun 2010-yil). Qaraldi: 22-fevral 2012-yil.
  11. Maikel Aerts nieuwe keeperstrainer FC Eindhoven‚ ed.nl, 6 July 2018