Kontent qismiga oʻtish

Mahmudiya masjidi

Koordinatalari: 32°03′18″N 34°45′20″E / 32.054917°N 34.75548°E / 32.054917; 34.75548
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Mahmudiya masjidi
Joylashuvi 32°03′18″N 34°45′20″E / 32.054917°N 34.75548°E / 32.054917; 34.75548
Manzil Ruslan ko'chasi 4, Tel-Aviv, Isroil
Gumbaz balandligi 6
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Mahmudiya masjidi (arabcha: مسجد المحمودية; ivritcha: מסגד מחמודיהTel-Aviv, Isroil, Yaffa shahridagi eng katta va eng muhim masjiddir . U ikkita katta hovli va uchinchi, kichikroq hovli atrofida joylashgan binolar majmuasidan iborat. Binolar, darvozalar va hovlilar 18-19-asrlarda Falastin Usmonlilar hukmronligi ostida boʻlgan davrda turli bosqichlarda qurilgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid hovlisi

Mahmudiya masjidining dastlabki qurilishi 1730-yilda gubernator Shayx Muhammad al-Xaliliy buyrugʻi bilan boshlangani aytiladi. Masjidning janubiy devoriga oʻrnatilgan sabil (favvora) 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Akko hokimi boʻlgan Sulaymon Poshoga tegishli[1]. Binoda Kesariya va Ashkelondan olingan Rim ustunlari mavjud[2].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahmudiya masjidi Eski Yaffaning shimoli-sharqiy burchagini egallagan. 19-asrning oʻrtalarida Yaffa devorlari asta-sekin demontaj qilindi, bu esa masjidga yana bir katta qoʻshimcha qilish imkonini berdi. Taxminan 20-asr boshlarida hukumat markazi masjidning sharqiy tomoniga, qadimiy devorlardan tashqariga koʻchdi. Hukumat binosidan masjidga kirishni osonlashtirish maqsadida masjidning sharqiy devorida soat minorasi maydoniga qaragan yangi darvoza qurildi[1].

Galereyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Masjid al-Mahmudiyya“. Archnet. Qaraldi: 2020-yil 25-mart. „Masjid al-Mahmudiyya“. Archnet. Retrieved 2020-03-25.
  2. Dumper, Stanley, and Abu-Lughod, 2007, p.202.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]