Mahfuza Turobova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahfuza Turobova – Sharqshunos-filolog-uygʻurshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. (1930 – 2000) Toshkent shahrida tugʻilgan. SAGU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1956-yil bitiruvchisi.

1956 – 1957-yillarda “Qizil Oʻzbekiston” roʻznomasida adabiy xodim; 1957 – 1958-yillarda esa “Oʻzbekiston” nashriyotida muharrir; 1958 – 1970-yillar OʻzFA TAI til tarixi sektorida ilmiy xodim; 1970-yildan Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti (hozirgi OʻzDJTU) da katta oʻqituvchi va 1976-yildan (umrining oxirigacha) dotsent.

Ilmiy yoʻnalishi – oʻrta asrlar turkiy adabiyot, turkiy til tarixi. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: “Muhammad Solihning «Shayboniynoma” asarining morfologik xususiyatlari». – T., 1966.

1. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarida joʻnalish kelishigining ishlatilishi // Adabiyotshunoslik va tilshunoslik masalalari. – Toshkent, 1961. – №2.

2. M. Solihning “Shayboniynoma” asarida feʼllarning zamon formalari // Oʻzbek tili va adabiyoti masalalari. – Toshkent, 1962. – №6.

3. Morfologicheskiye osobennosti yazыka “Shaybaniname” M. Salixa. – Tashkent: Fan, 1966.

4. Burjuacha suxanbozlikning reaksion mohiyati. – Toshkent: “Bilim” jamiyati, 1973.

5. Beruniyning tabiiy qarashlari. – Toshkent: “Bilim” jamiyati, 1973.

6. Notiqlik sanʼati haqida. – Toshkent: “Bilim” jamiyati, 1977.

7. Yuridik atamalar va iboralar lugʻati // Oʻzbekiston matbuoti. – Toshkent, 1995. – №2 – 3.