Madina Islom universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madina Islom universiteti
(IUM)
Asos solingan 1961-yil 6-sentyabr
Oʻquv yurti turi davlat muassasasi
Talabalari 16150 (2017)
Vebsayti iu.edu.sa

Koordinatalari: 24°28′50″N 53°33′53″E / 24.48056°N 53.56472°E / 24.48056; 53.56472 G O

Madina islom universiteti (arabcha: الجامعة الإسلامية بالمدينة المنورة) – Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan eng yirik va nufuzli islom universitetlaridan biri.

Saudiya Arabistoni qirolining 11-sonli farmoni bilan 1961-yil 6-sentabrda (25-Rabiulavval 1381-hijriy) Madinada tashkil etilgan. Universitetda darslar oʻsha yilning 11-noyabrida boshlangan[1]. Universitetda 16 ming talaba va 1434 nafar professor-oʻqituvchilar (2017)[2]. Oʻquv rejasiga dunyoviy fanlarni kiritgan boshqa islom universitetlaridan farqli oʻlaroq, Madina universitetida faqat diniy fanlar: Qurʼonshunoslik, fiqh, hadisshunoslik, daʼvat va din asoslari hamda arab tili taʼlim beriladi.

Arab tilini bilmaydiganlar uchun universitet ikki yillik tayyorgarlik kurslarini taklif etadi. Taʼlim 4 yil davom etadi. Universitetni tamomlagandan soʻng talabaga bakalavr unvoni beriladi[3]. Shuningdek, islom fanlari magistri va islom fanlari doktori[4] ilmiy darajasini olish uchun keyingi taʼlim olish imkoniyatini beriladi.

Talabalarga davlat stipendiyasi toʻlanadi. Ular bepul uy-joy bilan taʼminlanadi. Uyga qaytish uchun aviachiptalar beriladi. Har bir talaba universitet hisobidan bir marta Makkaga Haj qilish huquqiga ega. Har kuni asr namozidan keyin, shuningdek, juma kuni bepul avtobuslar universitet binosidan chiqib, talabalarni Al-Masjid an-Nabaviy masjidiga olib boradi. Xufton namozidan keyin talabalar universitetga qaytariladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Об университете“ (ar). Официальный сайт ИУМ. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  2. „Главная страница“ (ar). Официальный сайт ИУМ. 2020-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Исламский университет Медины“. muslim-info.com (2013-yil 28-dekabr). 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  4. „University of Madinah“. 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.