Madaniyatning paydo bo'lishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilk sanʼat Qadimgi ajdodlarimiz qoyatoshlarga chizib qoldirgan rasmlar ilk sanʼat namunalaridir. Qoyatosh suratlarining oʻziga xos tomoni shundaki, ular insoniyat tomonidan hali yozuv paydo boʻlmasidan oldin yaratildi. Bu sanʼat namunalari muhim manba hisoblanadi. Suratlarda qadimgi odamlarning kundalik hayoti, turmush tarzi, mashgʻulotlari va odatlari ifodalangan. Ayniqsa, ajdodlarimiz eng sevimli va eng qadimgi mashgʻuloti – hayvonlarni ovlash manzarasi koʻp uchraydi.

Altamira, Kapovaya va Lasko gʻorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mil.avv 15-8-ming yilliklarda qoyatosh suratlarini dastlab kromanyon odamlari yaratganlar. Bu davrda qadimgi rassomlar suratlarni, asosan, qoyalarga oʻyib ishlaganlar. Ularning bir qismi Ispaniyadagi dunyoga mashhur Altamira va Fransiyadagi Lasko gʻorlaridan hamda Boshqirdistondagi Kapovaya gʻoridan topilgan. Oʻsha zamon tasviriy sanʼat ustalari hayvonlarni tasvirlashda turli moddalar qorishmasidan tayyorlangan rangli boʻyoqlardan, tosh devorlardagi rasmlarni boʻyashda esa tayoqcha yoki hayvon junidan tayyorlangan moʻyqalamdan foydalanishgan.

Altamira gʻoridan qadimgi sur’at

Lasko gʻori nisbatan kichik boʻlib, barcha yoʻlaklarning uzunligi 235 metrdan oshmaydi. Chuqurligi taxminan 30 metr. Aosiy kirish joyi qadimiy va biroz insonning hayolini qochiradigan edi.

Ilk yozuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yer yuzida ilk yozuv belgilari dastlab Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) xalqlari tomonidan yaratilgan. Yozuv – kishilar oʻrtasidagi aloqaga xizmat qiladigan yozma belgilar tizimi. Oʻtmish tarix, odamlar yaratgan hayotiy tajriba va bilimlar, kashfiyotlar ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib keladi. Tildagi soʻzlar soniyaga qaraganda ancha kam, shuning uchun ham boʻgʻin yozuvi sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish koʻradi. Tarixda anchagina yozuv muammosi sababli inqiloblar yuzaga kelgan. Olimlar yozuvlarni bir nechta turlarga boʻlganlar. Ulardan dastlabkisi eslatuvchi belgilar deb atalgan. Bunday belgilar muayyan miqdorni belgilashda, biror xabarni uzoq masofaga yetkazishda qoʻllanilgan. Ajdodlarimiz yozuvning buyumli yozuv deb ataluvchi turidan ham foydalanishgan. Masalan, qoʻrgʻon rasmi marhum koʻmilgan joyni, non-tuz esa doʻstlikni anglatgan. Qadimgi yozuvning yana bir turi rasmli yozuv edi.

Hind yozuvi [1] Mil. Avv. 3-2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi-rasmdan iborat yozuv boʻlgan. Hind Panjobviloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib, olimlarning fikricha bu yozuvlar Shummer va Misr yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlagan. Hindistonda yozuv kamida 5 ming yillik tarixga ega. Hind yozuvi koʻrinishlari Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Nepal va Shri Lankaning oʻzidan tashqari ularga qoʻshni hududlarda – Tibet va Markaziy Osiyoda, Hindixitoy yarim oroli hamda Indoneziyada ham tarqalgan

Muzeylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzeylarning urlari koʻp. Yevropada koʻplab muzeylar tashkil etilishi 14-17- asrlarga toʻgʻri keladi. Muzeylab dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan. Tarixiy muzeylar madaniy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish kabi ishlarni amalga oshiruvchi ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy maskan. Noyob buyumlari, sanʼat asarlari, bejirim va nafis goʻzalliklar hamma davrlarda ham insoniyatni oʻziga rom etgani shubhasiz. Butun dunyoda birinchi Museyon' [2] yaʼni maʼbud – yoki muzalar, ilhom parilarining uyi miloddan avvalgi 290-yilda paydo boʻlgan deb hisoblanadi. Makedoniyalik Aleksandrning sarkardalari va vorislaridan biri Ptolomey dastlabki muzeyning tashkilotchisi sifatida eʼtirof etiladi. Manbalarga koʻra ungacha ham Muzalar uyi ibodatxonalar uyi mavjud boʻlgan boʻlishi mumkin, ammo Iskandariya ibodatxonasi muzeylar tarixining tamal toshini qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi deya hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]