Altamira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Altamira – Ispaniyaning San-tander viloyatidagi qoyatosh rasmlari saqlangan gʻor. 1875-yildan ispan arxeolo-gi Marselino Sautuola topib oʻrgangan. Gʻorda rang-barang boʻyoqpar bilan ishlangan hayvonlar (yovvoyi ot, toʻngʻiz, bugʻu va togʻ echkilari)ning tasvirlari topilgan. Suratlarning uz. 2,2 m gacha yetadi. Rasmlar yaxshi saqlangan, oʻta kuzatuvchanlik, hayvonlarning anatomik tuzilishi va holatining aniq berilishi, shakllarni yasashda chiziq va boʻyoq dogʻlarini erkin qoʻllanilishi bilan diqqatni jalb eta-di. A. tasvirlarining topilishi pale-olit davri gʻor va qoyatosh rasmlarini oʻrganishga turtki boʻldi. Gʻordagi tas-viriy san’at obidasi madlen davriga oid. A. gʻoridagi madaniy qatlamlardan yuqori paleolitning salyutre va madlen davrlariga mansub tosh qurollar va tur-li hayvonlarning suyak qoldiqlari to-pilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil