Kontent qismiga oʻtish

Makao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Màkáùdan yoʻnaltirildi)
Aomin
ShiorY'o`q
Madhiya: Olgaqadamlar
Location of Makao
Poytaxt -
Hukumat Muxtoriyat
• Prezident
]
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
10,566,212 (75-oʻrin)
• Zichlik 18 527/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$15,997 mil. (41-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$36 357
Pul birligi Pataka
Vaqt mintaqasi UTC+8
Qisqartma PO
Telefon prefiksi +853
Internet domeni .mo
Makao

Aomin – Xitoy janubi-sharqidagi maxsus maʼmuriy rayon (1999-yil 20-dekabrdan) Janubiy Xitoy dengizi sohilida, Chjutszyan daryosi quyilish joyida Aomin yarim orol, Xanszidao, Szyuao va boshqa bir qancha mayda orollarni oʻz ichiga oladi. Maydoni 18 km². Aholisi 430 ming kishi (1999) aksari qismi xitoylar va portugʻallar. Dindorlari budda diniga eʼtiqod qiladi, katoliklar ham bor. Maʼmuriy markazi va porti – Aomin (342 ming kishi, 1991). 1557-yilda Portugaliya Aominni Xitoydan ijaraga olgan. 1680-yildan Portugaliya mulki, 1951-yildan Portugaliyaning „dengiz ortidagi provinsiyasi“. Xitoy va Portugaliya hukumatlarining qoʻshma bayonotiga muvofiq (1987) Aomin 1999-yildan boshlab Xitoy suvereniteti ostiga oʻtdi. Iqtisodining asosini turizm bilan birga eksport uchun kiyim-kechak va boshqa toʻqimachilik buyumlari, elektron qismlar, oʻyinchoqlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Aomin iqtisodi yana Xalqaro moliya-savdo operatsiyalarida vositachilik qilishga ham asoslangan. Baliq ovlanadi. Dengiz kurortlari, qimorxonalar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil