Lyudvig Vitgenshteyn (Wittgenstein) (1889.26.4, Vena - 1951.29.4, Kembrij) — avstriyalikfaylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi. 1929-yildan Angliyada yashadi, Kembrij universiteti professor (1939—47). Falsafiy faoliyatining dastlabki davrida, B. Rassedlan keyin falsafani mantiqiy tahlil qilishni ishlab chiqdi. Vitgenshteyn "Mantiqiy-falsafiy risola" (1921) asarida oʻzi yaratgan sunʼiy til qurilishi tartiblarini tekshirdi. Uningcha, bu til mantiqiy jihatdan bekam-koʻst,yaʼni oddiy (tabiiy) tiddagi koʻp maʼnoli soʻzlardan, mantiqiy noanikliklardan xoli. Vitgenshteyn tildan, ongdan tashqari obʼektiv reallik, borliq mavjudligini inkor etdi. Vitgenshteynning taʼkidlashicha, tildagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish falsafaning vazifasidir. Vitgenshteynning bu qarashlari lingvistik falsafa taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi[4].