Mavlono Lutfulloh masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lutfullo mavlono masjididan yoʻnaltirildi)
Masjid
Mavlono Lutfulloh jome masjidi
Hudud Namangan
Tuman Chust
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Minoralar balandligi 13 m
Holati amaldagi

Mavlono Lutfulloh masjidi — Namangan viloyati Chust tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (XX-asr boshlari). Dastlab masjid, Madrasa, minora, maqbara va boshqa binolardan iborat ansambl boʻlgan. Bizgacha bir tomoni ustunli mayejid ayvoni (28x7,2 m) saqlangan. Ayvon shiftini 3 qatorli 7 yogʻoch ustunlar koʻtarib turadi. Markaziy ravoklar zinali karniz-kayvon (karnizning alohida koʻtarilgan kismi) hosil qilib, yuqori koʻtarilgan. Qirrali ustunlar sodsa, shifti esa serhasham handasiy naqshlar — gulsafsar va pechakgul chirmovuqlari bilan uygʻunlashgan. Toqilariga ishlangan gullarning takrorlanishi muayyan izchillik hosil qiladi. Naqshlarida koʻk, yashil va qizil ranglar koʻproq qoʻllanilgan[1].

Masjidning janubiy-sharqiy burchagidan bir necha metr narida minora (balandligi 13 m) qad koʻtargan. Minora tanasi feruza rang koshinlar bilan qoplangan. Mezananing tag qismi pargari egri ra-voqli muqarnas belbogʻ bilan oʻralgan[2]. Mavlono Lutfulloh masjidi shahar istirohat bogʻi hududida, taʼmirdan soʻng tarix muzeyi sifatida foydalanilmoqda[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „“Mavlono Lutfulloh” jome masjidida ilm darslari o‘tkazilmoqda“. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  2. „Namangan viloyatining yana bir masjidida ilm darslari bo‘layotgani ma’lum qilindi“. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil