Kontent qismiga oʻtish

Lusayl

Koordinatalari: 25°25′3″N 51°30′27″E / 25.41750°N 51.50750°E / 25.41750; 51.50750
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lusail

arabcha: لوسيل
Skyline of Lusail
25°25′3″N 51°30′27″E / 25.41750°N 51.50750°E / 25.41750; 51.50750
Mamlakat Qatar
Lusail xaritada
Lusail
Lusail

Lusail (arabcha: لوسيل Lūsayl) — Qatarda qurilishi 2006- yilda boshlangan shahar. Qurilish tugallangach, shahar aholisi 455 000 kishini, maydoni esa 35 km² ni tashkil qilishi kerak

FIFA Jahon chempionati 2022

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aynan Lusayl shahrida Qatar-2022 futbol bo'yicha Jahon chempionatining tantanali ochilishi va finaliga mezbonlik qiladigan stadion qurilgan. Stadion sig‘imi 86 ming kishiga mo‘ljallangan. 2015- yilda shaharda gandbol bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Shahar chegaralari sharqdagi Fors ko'rfazidan g'arbdagi Al-Xor qirg'oq yo'ligacha va Dohadagi Ritz Karltondan 7 km shimolda joylashgan. Dastlabki Lusayl shahridan janubda joylashgan ikkita aholi punkti, Al-Xaraij va Jabal Tuaylib, Lusaylga o'ziga xos mintaqalar sifatida kiritilgan. Loyiha boshlangan vaqtda bu joylarda aholi yashamagan. Rivojlanishdan oldin hududda faqat Ooredoo stantsiyasi, sement zavodi va uchta fermer xo'jaligi mavjud bo'lib, ulardan biri hali ham ishlamoqda. Shaharning shimolida bir nechta tashlandiq baliqchilar qishloqlari joylashgan.