Ludditlar harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu nomdagi musiqa uchun bu sahifani koʻring: Luddite (EP)

Ushbu mavzu bilan adashtirilmasin: Ludites

Ludditlar rahbari, 1812 yil. Qoʻlda boʻyalgan oʻymakorlik.

Ludditlar 19-asrda toʻqimachilik mashinalarini yoʻq qilishga qaratilgan radikal guruh tuzgan ingliz toʻqimachilik ishchilarining yashirin qasamyodiga asoslangan tashkilotdir[1]. Guruh oʻz nomini Lester yaqinidagi Anstey shahridan boʻlgan afsonaviy toʻquvchi Ned Ludddan olgan deb ishoniladi. Ludditlar oʻzlari „yolgʻon va firibgarlik“ deb atovchi, standart mehnat faoliyatini butkul oʻzgartiruvchi tikuv mashinalari ishlab chiquvchilarga qarshi norozilik bildirshgan.[2] Ludditlar oʻz qoʻl mehnati mahooratlarini oʻrganish uchun sarflagan koʻp vaqtlari bekor ketishidan qoʻrqishdi, sababi tikuv mashinalari toʻqimachilik sanoatidagi ularning yaʼni isnonlarning oʻrnini egallar edi[3].

Ludditlarning koʻplab qismini yopilgan ustaxonalarning egalari tashkil qilar edi, chunki fabrikalar ularning mahsulotiga oʻxshash mahsulotlarni arzonroqqa sotishlari mumkin edi. Lekin fabrikalarda mahulot ishlab chiqarishda inson mehnatidan juda oz miqdorda foydalanganligi sabab ustaxona egalari zavodlardan ish topishlari juda mushkul edi. Ushbu holat koʻp odamlarni ishsiz qoldirdi va gʻazablantirdi.[4]

Ludditlar harakati Angliyaning Nottingem shahrida boshlanib, 1811-yildan 1816-yilgacha davom etgan butun mintaqani qamrab olgan qoʻzgʻalon yakunlandi.[5] Zavod va fabrika egalari namoyishchilarni oʻqqa tutdilar va oxir-oqibat bu harakat qonuniy va harbiy kuch bilan bostirildi, keyichalik ayblanuvchi va sudlangan ludditlar qatl etildi yoki surgun qilinish bilan jazolandi.[6]

Vaqt oʻtishi bilan bu atama sanoatlashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish yoki umuman yangi texnologiyalarga qarshilik holatlari uchun ishlatila boshlangan.[7]

Etimologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luddit (/ˈlʌdt/) nomining kelib chiqishi noaniqdir. Harakat 1779-yilda ikkita paypoq qolipini sindirib tashlagan va nomi mashina buzgʻunchilarining ramziga aylangan shogird Ned Ludd sharafiga nomlangan. Biroq, Ned Ludd butunlay toʻqima obraz boʻlgan va hukumatni taajjublantirish va qoʻzgʻatish usuli sifatida ishlatilgan boʻlish ehtimoli mavjud.[8][9][10] Keyinchalik bu ism general Ludd yoki qirol Ludd sifatida tanildi, xalq orasida u Robin Gud kabi Shervud oʻrmonida yashashi aytiladi.[11] [lower-alpha 1]

Monmutlik Jefrining afsonaviy Britaniya qirollari tarixi va boshqa oʻrta asrlardagi Uels matnlariga koʻra „Lud“ yoki „Ludd“ (valliycha: Lludd map Beli Mawr-), rimgacha boʻlgan davrda "Britaniya orollari"ning kelt qiroli boʻlgan, u goʻyoki Londonga asos solgan va Ludgeytda dafn etilgan deya ishoniladi.[14]

Tarixiy pretsedentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1779-yilda Angliyaning Lester shahri yaqinidagi Anstey shaharchasidan Ned Ludd ismli toʻquvchi gʻazabdan ikkita paypoq qolipi sindirib tashlaydi. 1810-yillarda „Ludditlar“ paydo boʻlganda, uning shaxsi kapitan Ludd sifatida folklor qahramonga aylandi, shuningdek, qirol Ludd yoki Ludditlarning taxminiy rahbari va asoschisi general Ludd nomi bilan ham tanilgan.

Ushbu qoʻzgʻolonni qoʻzgʻatgan ixtiro 1801-yilda Jozef-Mari Jakkard tomonidan yaratilgan jakkard toʻquv dastgohi edi. U dastgohdagi naqsh tushirishni boshqaradigan perfokartalar tizimini ishlab chiqdi; tabiiy ravishda ularni „jakkard kartalari“ deb ataydi.[15][16][17]

Hukumat jazolari oʻta qattiqligi sabab, XVIII asrning quyi tabaqa aholisi qirol yoki hukumatga ochiqdan-ochiq sodiq boʻlmasa-da,[18] va zoʻravonlik harakatlari kamdan-kam uchragan. Aksariyat odamlar birinchi navbatda oʻzlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish bilan ishlashgan.[19] Oʻsha paytda ingliz toʻqimachilik fabrikalarida ish sharoitlari ogʻir edi, ammo malakali hunarmandlarning turmush tarziga tahdid soladigan darajada taʼsir koʻrsatar edi.[20] Yangi ixtirolar toʻqimachilik mahsulotlarini tezroq va arzonroq ishlab chiqardi, chunki ular kam malakali, kam maoshli ishchilar tomonidan boshqarildi va ludditlarning maqsadi ish beruvchilar bilan yaxshi savdo pozitsiyasiga ega boʻlish edi.

Kevin Binfild toʻquvchilarning uyushtirilgan harakatlari 1675-yildan beri turli vaqtlarda sodir boʻlganligini taʼkidlaydi va u XIX asr boshidagi harakatlarni, mashinalarga butunlay nafrat tushnchasidan koʻra, Napoleon urushlari paytida ishchilar sinfi boshidan kechirgan qiyinchiliklar uchun norozilik harakati sifatida koʻrishni taklif qiladi.[21][22][23] Oziq-ovqat narxlarining tartibsiz oʻsishi 1710-yilda Kilmenlarning Tayn portida qoʻzgʻoloniga olib keldi[24] va qalay konchilar 1727-yilda Falmutdagi don omborlariga oʻgʻrilikka tushishdi. 1740-yilda Nortumberlend va Durhamda qoʻzgʻolon koʻtarildi va 1756 yilda Quakerda makkajoʻxori sotuvchilarga ham hujum qilindi. Gazlamachilik, qurilish, kemasozlik, matbaachilik va qandolatchilik kabi sohalardagi mohir hunarmandlar ishsizlik, kasallik va hunarmandchilikka chet el ishchilarining kirib kelishidan oʻzlarini tinch yoʻl bilan sugʻurta qilish uchun doʻstlik jamiyatlarini tashkil qilganlar.[25] [lower-alpha 2]

Zamonaviy foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda „Luddit“ yoki „luddizm“ atamasi koʻpincha yangi texnologiyalarga qarshi yoki qarshilik koʻrsatuvchi odamni tasvirlash uchun ishlatiladi.[26]

1956-yilda Britaniya parlamentidagi munozaralar chogʻida leyboristlar vakili "uyushgan ishchilar har qanday holda „Luddit falsafasi“ga toʻlaqonli ishonmagan", deya ushbu atamani eslab oʻtadi.[27] 2006-yilga kelib, neo-Luddizm atamasi texnologiyaning koʻp shakllariga qarshilikni ifodalash uchun ishlatila boshlandi.[28] Ikkinchi Luddit Kongressi tomonidan tuzilgan manifestga koʻra (1996-yil aprel; Barnesvill, Ogayo shtati), neo-Luddizm, bu -"isteʼmolchilikka va kompyuter asrining tobora gʻalati va qoʻrqinchli texnologiyalariga passiv qarshilik koʻrsatishning yetakchisiz harakati".[29]

" Luddit xatosi " atamasi iqtisodchilar tomonidan texnologik ishsizlik muqarrar ravishda tarkibiy ishsizlikni keltirib chiqaradi va natijada makroiqtisodiy zarar keltrishi haqidagi qoʻrquvga nisbatan qoʻllaniladi. Agar texnologik innovatsiya maʼlum bir tarmoqda zarur mehnat sarfini kamaytirishga olib keladigan boʻlsa, u holda ishlab chiqarishda mahsulot tannarxi pasayadi, bu esa raqobatbardosh narxni ham pasaytiradi va muvozanatli taklif nuqtasini oshiradi, bu nazariy jihatdan yalpi mehnat sarfini koʻpaytirishni talab qiladi.[30] XX asr va XXI asrning birinchi oʻn yilligida iqtisodchilar orasida uzoq muddatli texnologik ishsizlikka ishonish haqiqatan ham notoʻgʻri ekanligi haqidagi fikr mutlaq qarashga ega edi. Hozirgi vaqtda sanoatni avtomatlashtirishning afzalliklari butkul teng taqsimlanmagan degan fikrni qoʻllab-quvvatlovchilar koʻpchilikni tashkil qiladi.[31][32][33]

Shuningdek koʻrish mumkin[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rivojlanish tanqidi
  • Ted Kachinski
  • Ruddington trikotaj qoliplar muzeyi — Luddite galereyasiga oid ish
  • Oddiy yashash
  • Texnofobiya
  • Turner bahsi — ishlab chiqarishning sanoatgacha boʻlgan usullariga qaytish

Tushuntirish eslatmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Historian Eric Hobsbawm has called their machine wrecking "collective bargaining by riot", which had been a tactic used in Britain since the Restoration because manufactories were scattered throughout the country, and that made it impractical to hold large-scale strikes.[12][13]
  2. The Falmouth magistrates reported to the Duke of Newcastle (16 November 1727) that "the unruly tinners" had "broke open and plundered several cellars and granaries of corn." Their report concludes with a comment which suggests that they were not able to understand the rationale of the direct action of the tinners: "the occasion of these outrages was pretended by the rioters to be a scarcity of corn in the county, but this suggestion is probably false, as most of those who carried off the corn gave it away or sold it at quarter price." PRO, SP 36/4/22.
  1. Byrne, Richard (August 2013). "A Nod to Ned Ludd" (en-US). The Baffler 23 (23): 120–128. doi:10.1162/BFLR_a_00183. https://thebaffler.com/salvos/a-nod-to-ned-ludd. Qaraldi: 6 November 2018. Ludditlar harakati]]
  2. Conniff, Richard. „What the Luddites Really Fought Against“ (en). Smithsonian (mart 2011). Qaraldi: 19-oktabr 2016-yil.
  3. „Who were the Luddites?“. History.com. Qaraldi: 12-dekabr 2016-yil.
  4. „Economix Comix“ (en-US). economixcomix.com (25-iyun 2012-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2021-yil.
  5. Linton, David (Fall 1992). "THE LUDDITES: How Did They Get That Bad Reputation?". Labor History 33 (4): 529–537. doi:10.1080/00236569200890281. ISSN 0023-656X. 
  6. „Luddites in Marsden: Trials at York.“. 26-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
  7. „Luddite“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-02-20).. Compact Oxford English Dictionary at AskOxford.com. Accessed 22 February 2010.
  8. Anstey at Welcome to Leicester (visitoruk.com) According to this source, „A half-witted Anstey lad, Ned Ludlam or Ned Ludd, gave his name to the Luddites, who in the 1800s followed his earlier example by expressing violence against machinery in protest against the Industrial Revolution.“ It is a known theory that Ned Ludd was the group leader of the Luddites.
  9. Palmer, Roy, 1998, The Sound of History: Songs and Social Comment, Oxford University Press, ISBN 978-0-19-215890-1, p. 103
  10. Chambers, Robert (2004), Book of Days: A Miscellany of Popular Antiquities in Connection with the Calendar, Part 1, Kessinger, ISBN 978-0-7661-8338-4, p. 357
  11. „Power, Politics and Protest | the Luddites“. The National Archives. Qaraldi: 19-avgust 2011-yil.
  12. Hobsbawm 1952, s. 59.
  13. Autor, D. H.; Levy, F.; Murnane, R. J. (2003-11-01). "The Skill Content of Recent Technological Change: An Empirical Exploration" (en). The Quarterly Journal of Economics 118 (4): 1279–1333. doi:10.1162/003355303322552801. Archived from the original on 2010-03-15. https://web.archive.org/web/20100315142837/http://econ-www.mit.edu/files/569. Qaraldi: 2023-04-07. Ludditlar harakati]]
  14. Geoffrey of Monmouth, Historia Regum Britanniae 3.20
  15. „1801: Punched cards control Jacquard loom | the Storage Engine | Computer History Museum“.
  16. „Luddites Smashed Looms then and Resist Automation today“.
  17. „Original Luddites were weavers displaced by power looms 200 years ago“ (25-yanvar 2013-yil).
  18. Robert Featherstone Wearmouth. Methodism and the common people of the eighteenth century. Epworth Press, 1945 — 51 bet. 21-aprel 2013-yilda qaraldi. 
  19. R. F. Wearmouth, Methodism and the Common People of the Eighteenth Century. (1945), esp. chs. 1 and 2.
  20. Clancy, Brett (October 2017). "Rebel or Rioter? Luddites Then and Now.". Society 54 (5): 392–398. doi:10.1007/s12115-017-0161-6. ISSN 0147-2011. 
  21. Binfield, Kevin. Luddites and Luddism. Baltimore and London: The Johns Hopkins University Press, 2004. 
  22. Rude, George. The Crowd in History: A Study of Popular Disturbances in France and England, 1730–1848. Serif, 2001. 
  23. Thomis, Malcolm. The Luddites: Machine Breaking in Regency England. Shocken, 1970. 
  24. „Historical events – 1685–1782 | Historical Account of Newcastle-upon-Tyne (pp. 47–65)“. British History Online (22-iyun 2003-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2013-yil.
  25. Charles Wilson, England’s Apprenticeship, 1603-1763 (1965), pp. 344-45. PRO, SP 36/4/22.
  26. „Luddite Definition & Meaning | Dictionary.com“.
  27. Sale 1995.
  28. Jones 2006.
  29. Sale, Kirkpatrick. „America's New Luddites“ (en). Le Monde diplomatique (1-fevral 1997-yil).
  30. Jerome, Harry. Mechanization in Industry, National Bureau of Economic Research, 1934 — 32–35 bet. 
  31. Krugman, Paul. „Sympathy for the Luddites“. The New York Times (12-iyun 2013-yil). Qaraldi: 14-iyul 2015-yil.
  32. Ford 2009, Chpt 3, 'The Luddite Fallacy'
  33. Lord Skidelsky. „Death to Machines?“. Project Syndicate (12-iyun 2013-yil). Qaraldi: 14-iyul 2015-yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlamchi manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]