Luck Young

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Luk Pol Yang (inglizcha: Luck Paul Young) 1979-yil 19-iyul Angliyada tugʻilgan. Pol Yang ingliz futbolchisi boʻlib, maydonda himoyachi vazifasini bajargan.

Luck Young Futbol
Luke Young.jpg
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Luck Paul Young
Tugʻilgan 19-iyul 1979-yil

(43 yosh)Angliya

Fuqaroligi Flag Anglii Angliya
Boʻyi 183 sm
Pozitsiyasi himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub faoliyatini yakunlagan
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yang oʻz faoliyatini 1997-yilda „Tottenxem“ da oʻynab boshlagan va 58 oʻyinda maydonga tushgan, asosan burchak himoyachisi vazifasini bajargan. 2001-yilda 4 million funt sterling evaziga „Charlton Athletic“ga oʻtgan[1].

„Tottenxem“dan koʻchib oʻtgandan soʻng, Yang „Charlton“ libosida 180 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va Mark Fish, Xorxe Kosta va Jonatan Fortyun kabilar bilan himoyada oʻynagan. 2005-yilning bahorida u muxlislar tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlangan.

2006-yil 19-iyulda Yang „Charlton“ bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolagan[2]. Biroq, „Charlton“ 2006/07-yilgi mavsumda keskin pasayib ketdi va mavsum davomida 3 nafar murabbiyni almashtirganiga qaramay, Premer-ligadan tushib ketdi va 19-oʻrinni egallagan. Yang oʻzini transferga qoʻyishni talab qildi, bu klub rahbariyati tomonidan qabul qilindi. 2007-yilning iyul oyida u 2,5 million funt sterling evaziga „Midlsbro“ga koʻchib oʻtdi [3] .

Yang „Midlsbro“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U Premer-liganing 4-turida „Newcastle United“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U klubdagi birinchi va yagona golini 2007-yil 3-noyabrda sobiq jamoasi „Tottenxem“ga qarshi o‘yinda kiritgan. 2008-yil 7-avgustda „Aston Villa“ 6 million funt sterling evaziga oʻtgan[4].

„Aston Villa“ bilan Luk 3 yillik shartnoma imzoladi. U Premer-liganing 2008/09-yilgi mavsumida „Manchester City“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻng qanot himoyachisi sifatida bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlardan soʻng, Yang „Aston Villa“ muxlislari orasida eng sevimli futbolchiga aylangan.

2011-yil 29-avgustda Yang „Queens Park Rangers“ bilan shartnoma imzolagan[5].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Angliya terma jamoasi[6] 2005 7 0
Jami 7 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Young checks in at Charlton“. BBC Sport (25-iyul 2001-yil). Qaraldi: 25-iyul 2001-yil. (ingl.)
  2. „Young signs new Charlton contract“. BBC Sport (19-iyul 2006-yil). Qaraldi: 19-iyul 2006-yil. (ingl.)
  3. „Young makes Middlesbrough switch“. BBC Sport (26-iyul 2007-yil). Qaraldi: 26-iyul 2007-yil. (ingl.)
  4. „Gibson: Why We Agreed To £6m Deal“. Middlesbrough F.C. (9-avgust 2008-yil). Qaraldi: 9-avgust 2008-yil. (ingl.)
  5. „Люк Янг стал игроком «Куинз Парк Рейнджерс»“. 15-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2011-yil.
  6. „Young, Luke“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmerman. Qaraldi: 20-sentabr 2016-yil.