Lucas Bergvall
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Lucas Erik Holger Bergvall[1] | ||
| Tavallud sanasi | 2-fevral 2006-yil[2] | ||
| Tavallud joyi | Stokgolm, Shvetsiya | ||
| Boʻyi | 1.87 m[2] | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Tottenham Hotspur | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2013—2021 | IF Brommapojkarna | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2021—2022 | IF Brommapojkarna | 12 | (1) |
| 2022—2024 | Djurgården | 37 | (5) |
| 2024— | Tottenham Hotspur | 27 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2021—2022 | Shvetsiya U17 | 8 | (3) |
| 2023 | Shvetsiya U19 | 4 | (0) |
| 2023— | Shvetsiya U21 | 5 | (1) |
| 2023— | Shvetsiya | 1 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Lukas Erik Xolger Bergvall (shvedcha: Lucas Erik Holger Bergvall) – shvetsiyalik futbolchi, Angliyaning „Tottenham Hotspur“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Brommapoykarna bitiruvchisi boʻlib, u yerda bolalar jamoasidan asosiy jamoaga qadar oʻyinagan. U klubning kattalar jamoasidagi birinchi oʻyinini 2021-yilning 21-noyabrida Piteå bilan birinchi divizionning soʻnggi turidagi oʻyinida oʻtkazgan[3]. Keyingi mavsumda, allaqachon Superettanda, u rasmiy uchrashuvlarda tez-tez maydonga tusha boshlagan. 2022-yil 4-oktyabrda u Ester bilan oʻyinning qoʻshib berilgan vaqtida gol urib, jamoadagi ilk golini urgan[4]. Yakuniy musobaqada Brommapojkarna birinchi oʻrinni egallagan va Allsvenskan ga yoʻllanma olgan[5].
2022-yil 9-dekabrda u akasi bilan birga Djurgårdenga koʻchib oʻtgan va uch yillik shartnoma imzolagan[6]. U yangi klubidagi ilk oʻyinini 2023-yilning 20-fevralida Shvetsiya kubogi guruh bosqichida „Landskrona“ga qarshi oʻtkazgan. Bergvall ikkinchi boʻlim oʻrtalarida Gustav Vikxaym oʻrniga maydonga tushgan va qoʻshib berilgan vaqtda gol urib, yakuniy hisobni (6:1) jamoasi foydasiga oʻrnatgan. Turnir natijasida Djurgården yarim finalga chiqgan va u yerda „Xekken“ga yutqazga[7].
2024-yilning 2-fevralida, 18 yoshga toʻlgan kunida u 10 million yevro evaziga „Tottenham Hotspur“ ga oʻtgan, biroq u „shporlar“ safida faqat 2024-yilning 1-iyulida oʻynay boshlaydi. Futbolchi bilan shartnoma 2029-yilgacha moʻljallangan. Futbolchiga „Barcelona“ va „Manchester United“ ham qiziqish bildirgandi, ammo „Tottenxem“ soʻnggi daqiqada futbolchini ushlab qolgan[8].
Milliy jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yildan 2022-yilgacha u 17 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasida oʻynagan. U bilan 8 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan. U jamoa sardori boʻlgan 2024-yil 12-yanvarda Lukas Shvetsiyaning asosiy terma jamoasida Estoniya terma jamoasiga qarshi debyut qilgan va u yerda 31 daqiqa oʻynagan[9][10].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning akasi Teo ham professional futbolchi va himoyachi sifatida oʻynaypti[6].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brommapojkarna
- Superettan gʻolibi: 2022
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2024/25 Premier League squad lists“. Premier League (2024-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Lucas Bergvall: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2024-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Piteå vs. Brommapojkarna - 21 November 2021“ (en). int.soccerway.com (2021-yil 21-noyabr). 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Öster vs. Brommapojkarna - 4 October 2022“ (en). int.soccerway.com (2022-yil 4-oktyabr). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „BP säkrade seriesegern“ (sv). superettan.se (2022-yil 30-oktyabr). 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ 6,0 6,1 David Lind. „Officiellt: Lucas Bergvall klar för Djurgården“ (sv). fotbolltransfers.com (2022-yil 9-dekabr). 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Häcken vs. Djurgården - 19 March 2023“ (en). int.soccerway.com (2023-yil 19-mart). 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Источник“. 2024-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-fevral.
- ↑ „Välkommen Lucas Bergvall!“ (en). dif.se (2022-yil 9-dekabr). 2023-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ Lucas Bergvall – National team | Transfermarkt
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Lucas Bergvall haqida turkum mavjud |
- Lukas Bergvall Tottenham Hotspur F. C. saytida
- Lucas Bergvall – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- 2-fevralda tugʻilganlar
- 2006-yilda tugʻilganlar
- Stokgolmda tugʻilganlar
- Shvetsiyada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Shvetsiyalik erkak futbolchilar
- IF Brommapojkarna futbolchilari
- Djurgårdens IF Fotboll futbolchilari
- Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari
- Ettan Futbol futbolchilari
- Superettan futbolchilari
- Allsvenskan futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Shvetsiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar

