Linux Mint

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Operatsion tizim
Linux Mint
The Linux Mint Logo.svg
VirtualBox Linux Mint Desktop ENG 14 02 2021 13 44 42.png
Ishlab chiquvchi Klement Lefevr boshchiligidagi jamoa[1]
OT oilasi Linux (Unixsimon)
Negiz kodi Ochiq manbali dastur
Ilk e’lon qilinishi 27-avgust, 2006-yil (15 yil avval) (2006-08-27)
Soʻnggi versiyasi LMDE 4[2] va 20.3[3]
So’nggi test versiyasi LMDE 4[2] va 20.3[3]
Yangilanish uslubi Advanced Packaging Tool (Kengaytirilgan qadoqlash vositasi)
Paket menedjerlari dpkg & Flatpak
Yadro tipi Monolit (Linux yadrosi)
Interfeys Cinnamon, Xfce, MATE, LXDE va KDE[4]
Litsenziya Asosan GNU General Public License va boshqa bepul dasturiy taʼminot litsenziyalari, proprietar dasturiy taʼminotning kichik qoʻshimchalari
Holati faol
Veb sayt linuxmint.com, линуксминт.рф

Linux Mint (inglizcha: mint — „yalpiz“) — hamjamiyat tomonidan ishlab chiqilgan Ubuntu va Debianʼga asoslangan bepul Linux distributivi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi „zamonaviy, nafis va foydalanuvchilarga qulay, ham kuchli, ham foydalanish uchun oson operatsion tizim“[5]. Linux Mint turli xil media formatlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi, baʼzi pullik dasturlarni oʻz ichiga oladi va ochiq kodli ilovalarning keng toʻplami bilan birga keladi. Loyihaning asoschisi Klement Lefebr, ishlab chiqish guruhi (Mint Linux Team[6]) hamda foydalanuvchilar hamjamiyati ham ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.

Rivojlanish davrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, loyiha Linux Mintʼning bir nechta versiyalarini bitta Ubuntu versiyasida chiqarishni nazarda tutgan. Biroq, seriya raqami 5.0 boʻlgan Elyssaʼdan beri bu yondashuv toʻxtatildi. Distributivlar butun sonlarda raqamlana boshladi, chunki Ubuntu uchun standart olti oylik rivojlanish sikliga rioya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 17.0 (kod nomi Qiana) versiyasidan boshlab tarqatish ikki yillik rivojlanish sikliga oʻtkazildi va faqat Ubuntuʼning LTS versiyalariga asoslangan boʻldi. Vaqtinchalik nashrlar 17.1, 17.2 va shunga oʻxshash raqamlar bilan belgilanadi[7].

Tizim komponentlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linux Mint minimal tizim talablari Ubuntu bilan bir xil:

  • x86-64-protsessor (Linux Mint 20 dan boshlab u faqat 64 bitli versiyada chiqariladi);
  • Tezkor xotira: 512 MB (Cinnamon, Xfce, MATE);
  • 9 GB qattiq diskdan boʻsh joy;
  • Videokarta: drayveri boʻlgan har qandayi;
  • CD-ROM drayveri yoki USB port.

Tavsiya etilgan Linux Mint tizim talablari Ubuntu bilan bir xil:

  • x86-64-protsessor (Linux Mint 20 dan boshlab u faqat 64 bitli versiyada chiqariladi);
  • Tezkor xotira: 1 GB (XFCE, MATE), 2 GB (Cinnamon);
  • 20 GB qattiq diskdan boʻsh joy;
  • Videokarta: 1024 × 768;

DVD-ROM drayveri yoki USB port.

Linux Mint dastlab Ubuntuʼga qaraganda koʻproq komponentlarni oʻz ichiga oladi:

  • asosiy komponentlar — Ubuntu LTS, Linux yadrosi — umumiy, Cinnamon/Mate, Xorg 1.18.4;
  • standartlashtirilgan interfeysga, menyular, oynalar va panellar uchun oʻziga xos piktogramma va ranglarga ega;
  • audio va video kodeklar toʻplami, OpenJDK;
  • qulay boshqaruv markaziga ega;
  • asosiy toʻplamga Firefox, Thunderbird, LibreOffice, GIMP, Pidgin, Rhythmbox, HexChat, GParted, VLC (media pleer), LightDM kiradi (vositalar toʻplami versiyalariga qarab farq qilishi mumkin);
  • 3D ish stolini taqdim etadi (Compiz Fusion);
  • tizimni yangilanishi (mintUpdate) va yangi ilovalarni oʻrnatish (mintInstall) mavjud.

Loyiha jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loyiha koordinatorlari:

  • Clement Lefebvre — Cinnamon asosidagi tizimning asosiy versiyasini asoschisi, gʻoya muallifi, ishlab chiquvchisi;
  • merlwiz79 — Xfce-ga asoslangan tizim uchun reliz menejeri;
  • Jeymi Bu Birse — KDE asosidagi tizim relizlar menejeri;
  • Sheyn Jo Lazar — Fluxboxʼga asoslangan tizimning reliz menejeri.

Rasmiy Linux Mint jamoalari Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda mavjud[8].

Qoʻshimcha faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • DuckDuckGo qidiruv xizmati 2011-yil noyabr oyidagi versiyasida standart qidiruv tizimi sifatida qoʻllash toʻgʻrisida eksklyuziv shartnoma imzoladi[9];
  • 2017-yil oxirigacha Linux Mint DistroWatch.com maʼlumotlariga koʻra eng mashhur GNU/Linux distributivi boʻlgan (mashhurlik distributiv sahifasidagi koʻrsatishlar soni bilan belgilanadi)[10];
  • 2016-yil 20-fevralda Linux Mint sayti buzilgan, ISO fayllariga havolalar muqobil havola (backdoor) versiyasi bilan almashtirildi[11].

Fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tux Machines blogida Linux Mint 2.2 toʻgʻrisida quyidagi fikr bildirilgan edi[12]:

DistroWatch Weekly xodimi Syuzan Linton Linux Mint 4.0 haqida sharh yozdi[13]:

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Teams“. Linux Mint.
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. „Downloads“. Linux Mint. Qaraldi: 29-oktabr 2013-yil.
  5. Carlos Porto of Design Drifter. „About - Linux Mint“. www.linuxmint.com.
  6. Carlos Porto of Design Drifter. „Teams - Linux Mint“. linuxmint.com.
  7. „Monthly News – April 2014“(ingl.). The Linux Mint Blog (14-May 2014-yil). 19-May 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-May 2014-yil.
  8. Links — Linux Mint(ingl.)
  9. muktware.com. „DuckDuckGo Results No Better Than Bing, Becomes Default Search Engine Of Linux Mint“, muktware.
  10. distrowatch.com. „DistroWatch.com: Top Ten Distributions“, distrowatch.
  11. Beware of hacked ISOs if you downloaded Linux Mint on February 20th!
  12. Linux Minty Fresh | Tux Machines
  13. DistroWatch Weekly, Issue 230, 26-noyabr 2007-yil