Distributiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Linux yadrosiga asoslangan, biroq o'ziga xos turli xususiyatlarga ega bo'lgan operatsiyon tizimga Linux distributivi deyiladi.

Linux distributivlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Debian GNU/Linux[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Yan Mardok (Ian Murdock) tomonidan boshlangan Debian GNU/Linux loyihasi toʻliq notijorat distributiv boʻlib, ehtimol erkin dasturiy taʼminot harakatining idealiga toʻliq mos keladi. Butun dunyodan yuzlab koʻngilli dasturchilar bu loyihaga oʻz hissalarini qoʻshadilar va sifatli distributivni yaratadilar.

Distributivning asosiy kataloglar daraxtida har doim uchta yoʻnalish mavjud - "stable" (mustahkam, barqaror), "testing" (sinovdagi) va "unstable" (barqaror boʻlmagan, yoki "sid" deb ham nomlanadi). Paketning yangi versiyasi paydo boʻlishi bilan u dastlab sinab koʻrish uchun barqaror boʻlmagan tarmoqqa qoʻshiladi. Bu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtadigan boʻlsa, paket yanada sinchikov sinovlarni olib borish uchun sinov taqmogʻiga qoʻshiladi. Bu bosqich bir necha oy va hattoki yillar ham davom etishi mumkin, shundan soʻnggina u barqaror (stable) deb qabul qilinadi.

Yaqin-yaqingacha Debian GNU/Linux eng qiyin oʻrnatiladigan distributivlardan biri sifatida qaralar edi. Ammo, Debian Sarge versiyasidan boshlab qoʻllanilayotgan besh yil davomida ishlab chiqilgan yangicha oʻrnatish tizimi bu muammoni butunlay hal qildi. Bundan tashqari Debian tez-tez qayta oʻrnatishni talab qilmaydi. Tizim oʻrnatishi bilan, keyingi barcha yangilanishlarni apt-get utilitasi yordamida amalga oshirish mumkin.

Fedora Core[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbdagi koʻpgina foydalanuvchilar uchun Red Hat nomi Linuxning ramzi hisoblanadi, chunki bu kompaniya dunyodagi eng mashxur va dastlabki Linux-kompaniyalardan biri boʻlib hisoblanadi. 1995-yilda Bob Young va Marc Ewing tomonidan tashkil qilingan Red Hat Inc. kompaniyasiga Red Hat Enterprise Linux (RHEL) va Red Hat Advanced Server (RHAS) mahsulotlaridan va koʻrsatiladgan xizmatlar foyda keltiradi. Red Hat Linux 9 Red Hat Linux mahsulotlari yoʻnalishidagi oxirgi mahsulot boʻlib, u 2003-yilning soʻngida Fedora Core bilan almashtirildi. Bu distributivga Red Hat homiylik qiladi va hamjamiyat tomonidan qoʻllab quvvatlanadi. Loyiha keyinchalik Red Hat va boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga qoʻshiladigan yangi texnologiyalarni sinab koʻrishga xizmat qiladi. Red Hat kompaniyasi Fedora foydalanuvchilarini texnik qoʻllab quvvatlamaydi, bu bilan ochiq hamjamiyat shugʻullanadi. Fedora loyihasining maqsadi – erkin dasturiy taʼminotlardan bir butun operatsion tizim yaratish. Fedoraning yangi versiyalari jadval boʻyicha har 6-8 oyda chiqariladi.

Gentoo Linux[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gentoo Linux Stampede Linux va FreeBSD loyihalarida ishtirok etgan Daniel Robbins tomonidan yaratilgan. Gentoo distributivining dastlabki barqaror relizi 2002-yil martida eʼlon qilngan. Gentoo Linux – dasturlarni dastlabki kodiga asoslangan distributiv. Tayyor asos tizimni oʻrnatish uchun oldindan terilgan binar paketlar ishlatiladi. Gentoo distributivining asosiy gʻoyasi barcha paketlarni foydalanuvchining kompyuterida dastlabki koddan kompilyatsiya qilishdir. Buning kuchli tomoni shundaki barcha dasturlar kompyuterning arxitekturasiga yaxshi optimizatsiya qilinadi. Bundan tashqari oʻrnatilgan dasturni yangilash oddiy bir buyruqni terishdan qiyin emas. Gentooning koʻp foydalanuvchilari markaziy repozitoriylardagi dasturiy paketlar har doim eng oxirgi versiyalarda boʻlishini, aniqrogʻi, asosiy ishlab chiquvchilar tomonidan taqdim qilinganidan soʻng bir necha kun ichida(hatto soatlar ichida) paydo boʻlishini yoqtirishadi. Boshqa tomondan, Gentoo tizimini va u uchun grafik muhitning oxirgi versiyasi, multimediya va dasturlash uchun zaruriy dasturiy taʼminotlarni oʻrnatish jarayoni zerikarli va hattoki zamonaviy protsessorlarda ham bir necha kunlab davom etadigan uzoq jarayondir.

Slackware[tahrir | manbasini tahrirlash]

Patrick Volkerding tomonidan 1992-yilda yaratilgan Slackware Linux bugungi kungacha amal qilayotgan eng dastlabki distributiv boʻlib hisoblanadi. Uning oʻziga xos tomonlari - oʻta oddiylik va tizmni moslashda ishlatiladigan grafik interfeysli dasturlarning yoʻqligi, oddiy matnli oʻrnatish dasturi. Koʻpgina distributivlar koʻp ishlatiladigan utilitalar uchun ishlatish uchun qulay boʻlgan interfeyslar yaratishga jiddiy eʼtibor berayotgan boʻlsada, Slakware foydalanuvchini "qoʻlidan ushlab" yurmaydi, haligacha, barcha moslamalar matnli fayllarni tahrirlash bilan amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqqan holda, Slackware distributivini Linux tizimini biroz oʻrganish uchun bir qancha vaqtini ajratishga tayyor foydalanuvchilarga tavsiya qilish mumkin. Slackware ancha barqaror va xavfsizligi ham yuoqri, server sifatida ishlatish talablariga ham javob beradi. Tajribali Linux administratorlari ushbu distributivda koʻpgina paketlar oʻzagartirilmaganligi va keyinchalik yangi xatoliklarni paydo boʻlishiga sabab boʻluvchi ortiqcha qoʻlbola oʻzgartirishlarsiz qoʻllanilishi sababli potensial muammolar kam boʻlishini taʼkidlashadi. Yangi versiyalari unchalik tez chiqarilmasada (oʻrtacha yilda bir marta), yangi paketlarni rasmiy relizdan soʻng bemalol yozib olish mumkin. Slackware - Linux operatsion tizimi tuzilishini chuqurroq oʻrganish niyatida boʻlganlar uchun mos keladigan distributiv.

Mandriva Linux (Wayback Machine saytida 2015-05-24 sanasida arxivlangan)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gael Duval tomonidan yaratilgan Mandriva Linux distributivi 1998-yilda birinchi marta taqdim qilinganidayoq oʻzgacha bir mashhurlikka erishdi. Distributivni ishlab chiquvchilar Red Hat distributivini olib undagi andoza ish stolini KDE ish stoliga almashtirishdi va Linuxni oʻrnatish qiyinligi haqidagi mifni yoʻqqa chiqargan ishlatish uchun juda oson oʻrnatish dasturini qoʻshishdi. Mandriva Linux distributivi 2005-yilga qadar Mandrake Linux nomi bilan mashxur edi. 2005-yildan boshlab uning nomi Mandriva deb oʻzgartirildi. Mandrivadagi asbob-uskunalarni avto-aniqlash imkoniyati, disklarni boʻlish utilitalari bu boradagi eng yaxshi dasturlardan hisoblanadi. Koʻpgina foydalanuvchilar boshqa distributiblarda topmagan qulayliklarni Mandrivada uchratishdi. Mandriva Linux shundan beri Linux tizimidan ancha rivojlandi, yangi foydalanishni boshlaganlar va uy sharoitida ishlatuvchilar orasida mashxur distributivga aylandi. Mandrivani yaratish jarayoni toʻliq ochiq boʻlib, yangi paketlar "cooker" deb nomlanuvchi katalogda har kuni paydo boʻladi. Yana shuni aytish lozimki, Mandriva bugungi kunda oʻzbek tilini qoʻllab quvvatlayotgan yagona distributivdir.

Ubuntu Linux[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ubuntu Linux Linux hamjamiyatiga bundan oldingi birorta ham loyiha amalga oshira olmagan tezlik bilan kirib keldi. U bunga tajribali oʻyinchilar kabi erishdi: dastlab boshqa asosiy distributivlarni kuzatib bordi, ularni xatoliklarini oʻrganib va shu bilan birga ulardagi barcha yaxshi tomonlarni bir yerga toʻplab ajoyib mahsulotni yaratdi. Ushbu distributivga qiziqqanlar uchun olti oylik chiqarish sikli, zamonaviy paketlar, aniq qilib belgilangan mahsulotning umri(18 oy), yozib olish uchun tezkor oynalar, hattoki erkin tarqatiladigan, dunyoning xohlagan nuqtasiga bepul yetkazib beriladigan kompakt disklar muntazir.

Loyiha JARlik tadbirkor Mark Shuttleworth tomonidan moliyalashtiriladi. U Go Open Source kabi bir qancha taʼlim va EOKDT tashabbuslariga asos solgan.

Texnik tomondan Ubuntu Debian Sid (barqaror boʻlmagan tarmoq)ga asoslangan. Ammo unda ancha zamonaviy paketlar taqdim qilinadi, xususan, GNOMEning oxirgi versiyasi. Bu distributiv ham ish stoli sifatida, ham server sifatida ishlatishga moslashtirilgan. Ubuntu ning Kubuntu, Edubuntu, Xubuntu, Gobuntu kabi turlari (nashrlari, editions) mavjud.

Doppix (Wayback Machine saytida 2009-02-28 sanasida arxivlangan)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi oʻzbekcha Linux distributivi. Birinchi nashri Doppix 2008.0 Edu deb nomlanadi. Bu nashr Mandriva Linux 2007.1 Spring Free distributivi asosida yaratilgan boʻlib, yangi, erkin tarqatiladigan Linux ochiq operatsion tizim distributividir. Ta'lim muassasalarida (maktab, kollej va litseylarda) ishlatishga moʻljallangan, doʻstona interfeysga hamda tanlash imkoniyati keng boʻlgan oʻquv va kundalik dasturlariga ega. Doppix 2008.0 Edu distributividan uy kompyuterlari va ish stansiyalarida ham foydalanish mumkin. Oʻquv dasturlaridan tashqari, distributiv toʻlaqonli ofis va multimedia dasturlar to'plamiga ham ega. Doppix 2008.0 Edu MS Windows OTdan Linux OTga oʻtishni xohlaganlar uchun ajoyib yechimdir. Linuxda yangilar uchun, oʻzini tushunarli va qulay muhitda his etish imkoniyatini beruvchi maksimallashtirilgan foydalanuvchi interfeysi mavjud. Foydalashda sodda boʻlgan oʻrnatgich yordamida distributivni kompyuterga oson oʻrnatish mumkin. Doppix 2008.0 Edu 3 ta tilda ishlay oladi - oʻzbekcha (kirill/lotin), ruscha va inglizcha. Ishlab chiqarish jarayonida barcha eskirgan va stabil boʻlmagan paketlar yangilariga almashtirilgan. Bundan tashqari distributiv tarkibiga katta hajmdagi qoʻllanmalar qoʻshilib soʻrov tizimi kengaytirilgan. Doppix 2008.0 Edu distributivi mahalliy talablardan kelib chiqqan holda ta'lim muassasalari uchun yaratilmoqda. Asosiy urgʻu stabillik, soddalik va hammaning ushbu distributivdan foydalanishi va uni muammosiz olishiga qaratilgan.

Kichik hajmli Linux distributivlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

DSL - Damn Small Linux[tahrir | manbasini tahrirlash]

DSL ish stoli

Wolvix GNU/Linux (Wayback Machine saytida 2005-11-09 sanasida arxivlangan)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wolvix - yana bir kichik hajmli distributiv

  • 250-450 MB hajmli
  • Slackware asosida ishlangan LiveCD distributiv
  • USB xotira uskunasidan ishga tushirilishi mumkin
  • Modular asosda ishlangan - istalgancha qo'chimcha modul-dasturlar qo'shish mumkin
  • Multimedia va grafika ishlari uchun juda qulay

Puppy Linux[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 100 MB dan kichik hajmli
  • Kompyuter jihozlariga talab minimal darajaga tushirilgan
  • Tez ishlashga optimizatsiya qilingan
  • LiveCD sifatida ham USD xotira uskunasidan ishlatish mumkin