Lim Men Gik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lim Men Gik
Tavalludi 13-fevral 1905-yil
Kilchu uyezdi, Shimoliy Hamgyong provinsiyasi, Koreya
Vafoti 31-avgust 1975-yil(1975-08-31)
(70 yoshda)
Fargʻona
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Oʻzbekiston SSR
Kasbi qishloq xoʻjaligi xodimi
Faoliyat yillari 1924—1965
Partiyasi KPSS
Unvoni
Mukofotlari

Lim Men Gik, norasmiy ruscha ismi Andrey Vasilyevich (1905-yil 13-fevral, Kilchu uyezdi, Shimoliy Hamgyong provinsiyasi, Koreya — 1975-yil 31-avgust, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati, Zadaryo tumanidagi „Gigant“ kolxozi raisi[1][2], Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957).

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lim Men Gik 1905-yil 13-fevralda Koreyaning Shimoliy Hamgyong provinsiyasi, Kilchu uyezdidagi qishloq aholi punktlaridan birida dehqon oilasida tavallud topgan[3]. 1919-yilda u ota-onasi bilan Rossiyaning Uzoq Sharqiga emigratsiya qildi. 1923-yilda Olginsk uyezdi, Alekseyevka qishlogʻidagi koreys kechki maktabining 7-sinfini tugatgan. 1924-yilgacha xususiy xoʻjalikda yordamchi boʻlib ishlagan. 1927—1930-yillarda Lim Men Gik Kansk shahrida joylashgan Qizil Armiyaning 76-Kareliya oʻqchi polki tarkibida harbiy xizmatni oʻtagan. 1929-yilda KPSSga aʼzo boʻladi. 1930-yilda Suchan tumanidagi „Bolshevik“ kolxoziga rais etib saylandi. 1932-yildan Talkan buxtasidagi „Tral“ tresti bazasi direktorining oʻrinbosari, 1935-yildan Putyatina orolidagi baliqchilik kooperativining polizchilik boʻlimi boshligʻi, 1936-yildan Budyonnovsk tumanidagi markazi Vladimir-Aleksandrovsk qishlogʻi boʻlgan „Krasniy Suchan“ kolxozining raisi boʻlgan. 1937-yilda Lim Men Gik O‘zbekiston SSR Farg‘ona viloyatidagi maxsus aholi punktiga surgun qilinadi. 1937-yildan Namangan shahar kommunal xo‘jaligi boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 1941-yilda esa Zadaryo tumani, Jomashoʻy qishlog‘idagi „Gigant“ kolxoziga rais etib saylangan[1]. Kolxozni Fargʻona viloyatining ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari qatoriga olib chiqadi[2][4]. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi farmoni bilan „Sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar, paxta yetishtirish va paxta xomashyosidan yuqori hosil olishda ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribalardan keng foydalanganlik uchun“ Lenin ordeni hamda „O‘roq va bolgʻa“ oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi[3]. Lim Men Gik Oʻzbekistondagi koreyslar orasida birinchi boʻlib ushbu unvonni olgan[1].

1959-yilda O‘zbekiston Kompartiyasining XI qurultoyiga delegat[3], xalq deputatlari Zadaryo tumani soveti deputati (1952—1960), Toʻraqo‘rg‘on tumani partiya qo‘mitasi plenumi aʼzosi (1949—1953), Zadaryo tuman partiya qoʻmitasi byurosi aʼzosi (1957—1960), Namangan viloyati partiya qoʻmitasi plenumi aʼzosi (1958—1960) etib saylangan. 1962—1963-yillarda Namangan tumani Raxmanovka qishlog‘ida hududiy kolxoz-sovxoz ishlab chiqarish boshqarmasi inspektori bo‘lib ishlaydi, so‘ngra yana „Gigant“ kolxozi raisligi lavozimiga qaytib, 1965-yilgacha bu kolxozga rahbarlik qiladi. Pensiyaga chiqqanidan so‘ng Farg‘onada yashay boshlaydi[3].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1975-yil 31-avgust kuni 70 yoshida vafot etadi. Namangan shahridagi qabristonga dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 I. Reshetnikov. „V Namanganskoy oblasti otmetili 80 let pereseleniya koreysev v Srednyuyu Aziyu“ (rus tilida) (2017-yil 15-sentyabr). 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Fenomen koreyskix kolxozov“ (rus tilida) (2013-yil 8-avgust). 2023-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 YouTube logotipi Видео-Энциклопедия корё сарам. Герой Социалистического труда Лим Мен Гык. YouTubeda
  4. „Fenomen koreyskix kolxozov“ (rus tilida). Ribak Saxalina gazetasi, №31 (2013-yil 8-avgust). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shin D.V. „Sovetskiye koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda“, Almati: Service Press, 2019
  • Pan N.G. „Geroi Sotsialisticheskogo Truda — kazaxstansi“, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
  • Men D.V. Kvon L. A., Kim, „Sovetskiye koreysi Kazaxstana“, Almati, 1992
  • Kim P.G. „Koreysi Respubliki Uzbekistan“, Tashkent: Uzbekistan. 1993
  • Kan G.V. „Istoriya koreysev Kazaxstana“, Almati: Gilim, 1995
  • Kim G.N., Men D.V. „Istoriya i kultura koreysev Kazaxstana“, Almati: Gilim, 1995
  • Kim B.I. „Koreysi Uzbekistana. Kto yest kto“, Tashkent, 1999