Kontent qismiga oʻtish

Lidia Gueiler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lidia Gueiler
Lidia Gueiler Tejada

Gueiler 2009-yil yanvarda
56-Boliviya Prezidenti
Mansab davri
16-noyabr 1979-yil – 17-iyul 1980-yil
Avvalgisi Alberto Natusch
Keyingisi Luis García Meza
Deputatlar palatasi prezidenti
Mansab davri
4-avgust 1979-yil – 16-noyabr 1979-yil
Bosh vazir Viktor Orbán
Oʻtmishdoshi Jorge Ríos Gamarra
Vorisi José Zegarra Cerruto
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Lidia Gueiler Tejada

28-avgust 1921-yil
Cochabamba, Boliviya
Vafoti 9-may 2011-yil(2011-05-09)
(89 yoshda)
La Paz, Boliviya
Siyosiy partiyasi Chap qanot millatchilik inqilobiy partiyasi
Bolalari María Teresa
Onasi Raquel Tejada
Otasi Moisés Gueiler
Qarindoshlari José Luis Tejada Sorzano (amakisi)
Raquel Welch (amakivachchasi)
Luis García Meza (amakivachchasi)
Mukofotlari And Kondori ordeni
Imzosi

Lidia Gueiler Tejada (1921-yil 28-avgust – 2011-yil 9-may) – boliviyalik siyosatchi, 1979-yildan 1980-yilgacha vaqtinchalik Boliviyaning 56-prezidenti boʻlgan. U Boliviyaning birinchi ayol davlat rahbari va Amerika tarixidagi respublikadagi ikkinchi ayol davlat rahbari (birinchisi 1974-1976 yillarda Argentina prezidenti Izabel Peron boʻlgan).

U amerikalik aktrisa Raquel Welchning amakivachchasi boʻlgan[1].

Gueiler Boliviyaning Cochabamba shahrida tugʻilgan. Uning otasi Germaniyadan kelgan muhojir Moisés Gueiler Grunewelt va onasi boliviyalik Raquel Tejada Albornoz boʻlgan[2]. U Cochabamba Amerikan institutida bakalavr darajasini olgan[3]. 1940-yillarda u Boliviyaning Movimiento Nacionalista Revolucionario – MNR (Inqilobiy millatchilik harakati) partiyasiga qoʻshilgan. Ushbu partiya 1952-yildagi Milliy inqilob natijasida hokimiyat tepasiga kelganida, Gueiler Boliviya Kongressining aʼzosi boʻlib, 1956-yildan 1964-yilgacha shu lavozimda ishlagan. 1964-yilda MNR generallar Barrientos va Ovando tomonidan hokimiyatdan agʻdarilganidan keyin u chet elga surgunga yuborilgan. U keyingi oʻn besh yilni mamlakatdan tashqarida oʻtkazib Xuan Lechinning chap front inqilobiy partiyasiga qoʻshildi.

U, shuningdek, inqilobiy chap frontning vitse-prezidenti ham boʻlgan[4].

1979-yilda Boliviyaga qaytib kelgach, Gueiler yana Kongressga nomzodini qoʻyib, prezident Viktor Paz Estenssorining MNR ittifoqi aʼzosi sifatida Boliviya Deputatlar palatasi (Boliviya Kongressining quyi palatasi) prezidenti etib saylandi.

1979-yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzodlardan hech biri kerakli 50% ovozni ololmaganligi sababli, kim prezident boʻlishi kerakligini Kongress belgilashi kerak edi. Ajablanarlisi, qancha ovoz olinmasin, kelishuvga erishib boʻlmadi. 1979-yil avgust oyida 1980-yilda yangi saylovlar tayinlangunga qadar Boliviyaning vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan doktor Walter Guevaraning lavozimi Boliviya Senati Prezidentiga oʻzgartirish taklif etildi. Koʻp oʻtmay, general Alberto Natusch boshchiligidagi harbiy toʻntarish natijasida Guevara lavozimidan agʻdarildi. Biroq bunga Xuan Lechinning qudratli Markaziy Obrera Boliviya („COB“) tashkiloti tomonidan chaqirilgan umummilliy ishchilar ish tashlashi shaklida aholi qarshilik koʻrsatdi. Oxir-oqibat, Natusch Palasio Quemadoni atigi oʻn olti kun bosib olishga muvaffaq boʻldi, shundan soʻng u hokimiyatdan voz kechishga majbur boʻldi. Nautschning Kongressdan olgan yagona imtiyozi bu Guevaraning prezidentlik lavozimini qayta tiklashiga yoʻl qoʻymaslik haqidagi vaʼdasi boʻldi.

Prezidentlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqoridagi shart qabul qilingach, Kongress quyi palatasining oʻsha paytdagi rahbari Lidia Gueiler yangi vaqtinchalik prezident deb topildi.

Muvaqqat prezident sifatida Gueilerga 1980-yil 29-iyunda boʻlib oʻtgan yangi saylovlarni oʻtkazish vazifasi topshirildi.

Qonli toʻntarish natijasida agʻdarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻoliblar parlament oʻrinlarini egallashidan oldin, Gueilerning oʻzi amakivachchasi general Luis Garcia Meza Tejada tomonidan qonli oʻng qanot harbiy toʻntarishi natijasida agʻdarildi. Shundan keyin Gueiler mamlakatni tark etdi va 1982-yilda diktatura qulaguncha Fransiyada yashab qoldi.

Keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik u oʻz mamlakatiga asosan diplomatik sohada xizmat qildi, avvaliga Boliviyaning Kolumbiyadagi, keyin Gʻarbiy Germaniyadagi elchisi etib tayinlandi va nihoyat – Jaime Pazning „Movimiento de Izquierda Revolucionaria“ harakatiga qoʻshilgandan keyin Boliviyaning Venesueladagi elchisi boʻldi(1989). U 1990-yillarning oʻrtalarida ijtimoiy hayotdan chetlashdi.

Gueiler hayoti davomida turli Boliviya feministik tashkilotlar aʼzosi boʻlgan. U Lotin Amerikasidagi ortida Qoʻshma Shtatlar turgan giyohvand moddalarga qarshi urushga, xususan uning Kolumbiya rejasiga qarshi chiqqan. Bundan tashqari, u 1960-yilda La mujer y la revolución („Ayol va inqilob“) va 2000-yilda „Mi pasión de lideresa“ („Mening rahbarlik ishtiyoqim“) nomlarida nashr etilgan ikkita avtobiografik kitob muallifi. U 2005-yilgi prezidentlik saylovida Evo Morales nomzodini qoʻllab-quvvatlagan. 

2009-yil iyun oyida Gueiler Boliviyadagi Inson huquqlari jamgʻarmasining faxriy prezidenti etib tayinlangan.

U bir qancha mukofotlar, jumladan, And Grand Xoch kondori ordeni va 1979-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yil ayoli mukofoti sohibi[3].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 9-mayda Gueiler uzoq davom etgan kasallikdan soʻng La-Pasda 89 yoshida vafot etdi[5][1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]