Leykemiya va leykopeniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leykemiya
B-hujayrali oʻtkir limfoblastik leykemiya bilan kasallangan bemorning Rayt usulida boʻyalgan suyak iligi
Belgilari qon ketishlar, koʻkarishlar, isitma, infeksiyalar qayta qayta takrorlanishi
Mutaxassislik Gemotologiya va onkologiyaGemotologiya va onkologiya
Sabablari ichki (genetik) va atrof-muhit omillari sababli
Tashxis usullari Qon tahlili, suyak koʻmigi biopsiyasi
Davolash Kimyoterapiya, nur terapiya, suyak iligi transplantatsiyasi
Prognoz 5yil va undan ortiq yashay olishi 57%
Uchrash tezligi 2.3mln (2015)
Oʻlim holati 353500 (2015)

Leykemiya - qonning xavfli oʻsma kasalligi boʻlib, periferik qonda yetilmagan leykositlar miqdorining ortib ketishi bilan kechadi. Bunda, periferik qonda leykositlar miqdori 100 000 – 300 000/mm3 gacha yetishi mumkin.[1] Leykemiya odatda suyak iligida boshlanadigan va koʻp miqdorda gʻayritabiiy qon hujayralari hosil boʻlishiga olib keladigan qon oʻsmasi hisoblanadi.[2]  Bu qon hujayralari toʻliq rivojlanmagan va blast yoki leykemik hujayralari deb ataladi.[3]  Alomatlar qon ketish va koʻkarishlar, suyak ogʻrigʻi, charchoq, isitma va infektsiyalar xavfini oshirishni oʻz ichiga olishi mumkin.[3] Bu simptomlar istalgan qon hujayralari yetishmasligi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.[3] Tashxis odatda qon tahlillari yoki suyak iligi biopsiyasi orqali qoʻyiladi.[3] Leykemiyaning aniq sababi noma'lum.[4]  Genetik omillar va atrof-muhit (irsiy boʻlmagan) omillarning kombinatsiyasi kasallik yuzaga kelishida muhim rol oʻynaydi deb ishoniladi[4]. Xavf omillariga chekish, nurlanish, ayrim kimyoviy moddalar (masalan, benzol), oldingi kimyoterapiya va Daun sindromi kiradi.[5][4]  Oilada leykemiya bilan kasallangan qarindoshlar boʻlishi juda yuqori xavf omili hisoblanadi.[5] Leykemiyaning toʻrtta asosiy turi mavjud - oʻtkir limfoblastik leykemiya (ALL), oʻtkir miyeloid leykemiya (AML), surunkali limfotsitar leykemiya (CLL) va surunkali miyeloid leykemiya (KML) - shuningdek, kamroq tarqalgan bir qator turlari mavjud.[6] Leykemiyalar va limfomalar qon, suyak iligi va limfoid tizimga ta'sir qiluvchi oʻsmalar guruhiga kiradi, ular gematopoetik va limfoid toʻqimalarning oʻsmalari deb nomlanadi.[7][8] Davolash zarur boʻlganda simptomatik terapiya (palliativ terapiya) shuningdek, kimyoterapiya, nur terapiyasi, maqsadli terapiya va suyak iligi transplantatsiyasining baʼzi kombinatsiyasini oʻz ichiga olishi mumkin.[9][5] Davolashning muvaffaqiyati amalga oshishi leykemiya turiga va odamning yoshiga bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlardagi 15 yoshgacha boʻlgan bolalarda leykemiya turiga qarab besh yillik omon qolish darajasi 60% yoki hatto 90% dan oshadi.[10] Bemorlarning besh yildan keyin butunlay tuzalib ketishi deyarli kuzatilmagan. 2015-yilda leykemiya butun dunyo boʻylab 2,3 million odamda aniqlangan va shulardan 353 500 bemorning oʻlimi bilan yakun topgan. Bu bolalarda saratonning eng keng tarqalgan turi boʻlib, bolalarda leykemiya kasalligining aynan oʻtkir limfoblastik tipi 75% ni tashkil qiladi. Biroq, barcha leykemiyalarning 90% dan ortigʻi katta yoshli insonlarda tashxislanadi. CLL va AML kattalarda eng koʻp uchraydigan leykemiya turlari hisoblanadi.

Leykopeniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leykopeniya – 1ml qonda leykotsitlar sonining 4000tadan kamayishi. Leykopeniya soʻngi yillarda koʻproq uchraydigan kasallik.[1] Leykopeniyaning eng ogʻir turi suyak koʻmigi zararlanishlari – oʻtkir leykozlar va nurlanish kasalliklarida kuzatiladi.[1][11] Leykotsitlar sonining kamayishi bilan birga ularning faolligi ham kamayishi, maxsus va nomaxsus himoya zaiflashishi kuzatiladi. Leykopeniyaning sabablari quyidagicha:                      

Piogen boʻlmagan bakterial, yuqumli kasalliklar: tif, parotif, bezgak                                                                              

Virusli yuqumli kasalliklar: gripp, chechak, parotit                                          

Protozoal infeksiyalar                                                                                                                                                    

Ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik                                                                                                                                                        

Suyak iligi aplaziyasi                                                                                                                                                      

Suyak iligi zararlanishida (Xloromitsitin va sitotoksik preparatlar ta’sirida, rentgen nurlari va radiatsiyalarda, mishyak, dinitrofenol, surma kabi kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda)

Periferik qondagi leykositlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Periferik qondagi leykositlar oʻzida granulalar tutgan yoki tutmaganligiga koʻra 2 xil shakli farqlanadi: granulositlar va agranulositlar.[1][11][12]                                    

Sitoplazmasida granulalar tutuvchi oq qon hujayralari granulositlar deyiladi. Granulalarining boʻyalishiga koʻra ularning uchta tipi farqlanadi: Neytrofillar – granulalari ham kislotali, ham asosli boʻyoqlar bilan boʻyaladi. Eozonofillar – granulalari kislotali boʻyoqlar bilan boʻyaladi. Bazofillar – granulalari asosli boʻyoqlar bilan boʻyaladi.

Sitoplazmasi tarkibida granulalar tutmaydigan oq qon hujayralari agranulositlar deyiladi va ularning ikki tipi farqlanadi: Limfotsitlar  va Monotsitlar       

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.
  2. "Leukemia". NCI. 1 January 1980. Archived from the original on 27 May 2014. Retrieved 13 June 2014. Cancer that starts in blood-forming tissue, such as the bone marrow, and causes large numbers of abnormal blood cells
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 "What You Need To Know About™ Leukemia". National Cancer Institute. 23 December 2013. Archived from the original on 6 July 2014. Retrieved 18 June 2014.
  4. 4,0 4,1 4,2 Hutter JJ (June 2010). "Childhood leukemia". Pediatrics in Review. 31 (6): 234–241. doi:10.1542/pir.31-6-234. PMID 20516235.
  5. 5,0 5,1 5,2 "A Snapshot of Leukemia". NCI. Archived from the original on 4 July 2014. Retrieved 18 June 2014.
  6. World Cancer Report 2014. World Health Organization. 2014. pp. Chapter 5.13. ISBN 978-9283204299.
  7. Vardiman JW, Thiele J, Arber DA, Brunning RD, Borowitz MJ, Porwit A, et al. (July 2009). "The 2008 revision of the World Health Organization (WHO) classification of myeloid neoplasms and acute leukemia: rationale and important changes". Blood. 114 (5): 937–951. doi:10.1182/blood-2009-03-209262. PMID 19357394. S2CID 3101472.
  8. Baba AI, Câtoi C, eds. (2007). Comparative oncology. Bucharest: The Publishing House of the Romanian Academy. p. Chapter 17. ISBN 978-973-27-1457-7. Archived from the original on 10 September 2017.
  9. Cordo' V, van der Zwet JC, Canté-Barrett K, Pieters R, Meijerink JP (January 2021). "T-cell Acute Lymphoblastic Leukemia: A Roadmap to Targeted Therapies". Blood Cancer Discovery. 2 (1): 19–31. doi:10.1158/2643-3230.BCD-20-0093. PMC 8447273. PMID 34661151.
  10. American Cancer Society (2 March 2014). "Survival rates for childhood leukemia". Archived from the original on 14 July 2014.
  11. 11,0 11,1 Linda Costanzo: Medical physiology; 6th edition, 2018.
  12. Artur Guyton, John Hall: Textbook of medical physiology; 14th edition, 2020.