Leonel Justiniano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leonel Justiniano Arauz (ispancha: Leonel Justiniano Arauz; 1992-yil 2-iyulda tugʻilgan, Santa Kruz de la Sierra, Boliviya) - "Bolivar" futbol klubi va Boliviya milliy terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suruvchi boliviyalik professional futbolchi.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Justiniano Bolivar klubining tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblanadi. 2011-yil 27-noyabrda "Real Potosi"ga qarshi oʻyinda u Boliviya chempionatida debyut qiladi[1]. 2012-yil 4-noyabrda Petroleroga qarshi oʻyinda Leonel klubi Bolivar uchun oʻzining birinchi golini uradi[2]. 2014-yilning yozida Justiniano "Potosi"dan ijara asosida "Nacional" ga oʻtadi. Shu yili 11-avgust kuni Blumingga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qiladi[3]. 31-avgust kuni "Petrolero"ga qarshi oʻyinda Leonel "Nacional" safida ilk golini uradi[4]. 2015-yilning yozida Justiniano Bolivarga qaytadi. Klubdagi faoliyati davomida klub azosi sifatida 4 marta chempionlikni qoʻlga kiritadi.

2019-yilning yozida Justiniano Xorxe Vilsterman klubiga oʻtadi. 8-avgust kuni “Bluming” klubiga qarshi bahsda u yangi jamoasi safida ilk bor debyut qiladi[5].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 23-mart kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Kolumbiyaga qarshi oʻyinda Justiniano Boliviya terma jamoasi safida ilk bor debyut qiladi[6].

2019-yilda Justiniano Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogi musobaqasi uchun Boliviya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritiladi. Turnirda u Braziliya[7], Venesuela[8] va Peru[9] terma jamoalariga qarshi oʻtkazilgan oʻyinlarda ishtirok etadi. Venesuelaliklarga qarshi oʻyinda Leonel terma jamoasidagi ilk golini uradi.

Boliviya terma jamoasidagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Oʻtkazilgan joy Raqib jamoa Hisob Natija Musobaqa
01. 2019-yil 22-iyun Mineirao, Belu-Orizonti, Braziliya Venesuela Venesuela 1:2 1:3 Amerika Kubogi 2019-yil

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoasi

Boliviya bayrogʻi «Bolivar»

  • Boliviya chempionati gʻolibi (4) - Clausura 2013, Apertura 2017, Clausura 2017, Apertura 2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Реал Потоси VS. Боливар 1:3“ (en). soccerway.com (2011-yil 27-noyabr).
  2. „Петролеро VS. Боливар 1:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 4-dekabr).
  3. „Блуминг VS. Насьональ Потоси 2:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 11-avgust).
  4. „Петролеро VS. Насьональ Потоси 1:5“ (en). soccerway.com (2014-yil 31-avgust).
  5. „Хорхе Вильстерманн VS. Блуминг 2:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 8-avgust).
  6. „Колумбия VS. Боливия 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-mart).
  7. „Бразилия VS. Боливия 3:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 15-iyun).
  8. „Боливия VS. Венесуэла 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 22-iyun).
  9. „Боливия VS. Перу 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 18-iyun).