Kontent qismiga oʻtish

Lenín Moreno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lenín Moreno
Ekvador Prezidenti
Mansab davri
2017-yil 24-maydan – 2021-yil 24-maygacha
Vitse-prezident Jorge Glas
María Vicuña
Oʻtmishdoshi Rafael Correa
Vorisi Guillermo Lasso
BMT Bosh kotibining yordamchisi
Mansab davri
2013-yil 19-dekabrdan – 2016-yil 30-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Lavozim taʻsis etilgan
Vorisi Maria Soledad Cisternas Reyes
Ekvador Vitse-Prezidenti
Mansab davri
2007-yil 15-yanvardan – 2013-yil 24-maygacha
Prezident Rafael Correa
Oʻtmishdoshi Alejandro Serrano
Vorisi Jorge Glas
PAIS raisi
Mansab davri
2017-yil 1-maydan
Oʻtmishdoshi Rafael Correa
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Lenín Boltaire Moreno Garcés

19-mart 1953-yil (1953-03-19) (71 yosh)
Siyosiy partiyasi PAIS Alliance
Turmush oʻrtogʻi Rocío González
Bolalari 3

Lenín Boltaire Moreno Garcés (19-mart 1953) – ekvadorlik huquqshunos va siyosatchi, 2017-yil 24-maydan 2021-yil 24-maygacha Ekvador Prezidenti[1].

Lenin Moreno 1953-yil 19-martda Ekvador Amazonkasida Peru bilan chegaradosh Nuevo Rocafuerte(isp.) kichik shaharchasida tugʻilgan. Morenoning otasi Servio Tulio oʻqituvchi boʻlgan va oʻgʻliga Vladimir Lenin sharafiga shu ismni qoʻygan[2]. Morenoning ikkinchi ismi – Boltyre – fransuz faylasufi Volter sharafiga qoʻyilgan.

Kitoda (Instituto Nacional Mejía va Ekvador Markaziy universiteti) tahsil olgan. Psixologiya va davlat boshqaruvini oʻrgangan.

1998-yil yanvar oyida Moreno Kitoda talonchilik hujumiga uchradi[3]. Olingan jarohat oyoqlarning falajiga olib keldi. Nogironlar aravachasiga oʻtirgach, jarohatdan keyin ogʻriqdan kulgi terapiyasi yordamida davolandi va „quvonch bilan davolanish“ haqida bir qator kitoblar yozdi[4]. Keyinchalik, 2017-yilda „Tabassum qil, Ekvador!“ iborasi paydo boʻldi va uning saylovoldi kampaniyasi shioriga aylandi[5].

2007-yilda Moreno Ekvador vitse-prezidenti etib saylandi va 2013-yilning 24-mayigacha ikki muddat ishladi[6].

Vitse-prezident sifatida faoliyat yuritayotib, nogironlarga yordam berish uchun bir qancha xayriya fondlarini tuzdi[7]. Faoliyati uchun Moreno Ekvador va mintaqadagi boshqa mamlakatlarning davlat mukofotlari bilan taqdirlangan[8]. Janubiy Amerikadagi bir qator universitetlar unga faxriy professor unvonini berishgan. 2012-yilda nogironlarga yordam berishdagi faoliyati uchun Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod boʻlgan. 2013-yildan 2016-yilgacha Moreno BMT Bosh kotibining nogironlik va imkoniyati cheklanganlar boʻyicha maxsus vakili boʻlib ishlagan[9].

2017-yilgi saylovlarda Lenin Moreno prezident Rafael Correa boshchiligidagi hukmron PAIS Alyansi prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatildi[10]. Gilermo Lasso bilan birgalikda 51% ovoz bilan gʻalaba qozonib, ikkinchi bosqichga chiqdi[11]. Inauguratsiya 24-may kuni boʻlib oʻtdi.

Lenin Moreno WikiLeaks asoschisi Julian Assanjdan Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasidan boshpana berish huquqini „Assanj xalqaro konventsiya normalarini bir necha bor buzgani sababli“ bekor qildi[12]. 2019-yil 11-aprelda Britaniya politsiyasi Ekvador elchisi taklifiga binoan Assanjni hibsga olish uchun elchixonaga kirdi[13].

2019-yil 8-oktyabrda Ekvadordagi ommaviy norozilik namoyishlari fonida mamlakat prezidenti Lenin Moreno poytaxt Kitoni tark etdi va hukumat Guayakilga evakuatsiya qilinishini eʼlon qildi[14].

„Ina Papers“ yoki „Sinohidro ishi“ bilan mashhur boʻlgan[15]. Bu Lenin Moreno va uning oilasi ishtirokidagi „Ina Investment Corporation“ deb nomlangan ofshor kompaniyasi bilan bogʻliq boʻlgan 76 million dollar pora olish va pul yuvish bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiya mojarosidan kelib chiqadi[16][17]. Tergov maʼlumotlariga koʻra, kompaniyaga Morenoning akasi Edvin Moreno asos solgan, xorijiy kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari bilan mashhur boʻlgan Belizda joylashgan[18].

  1. „Ecuadorʻs Vice President Lenín Moreno, 2012 Nobel Peace Prize Nominee, Reflects on Human Welfare and the Rights of Nature“ (en-US) (2012-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
  2. Eduardo Varas, Marcela Ribadeneira. „Ecuador's Lenín Moreno gives revolutionary turn by quitting while on top“ (en). The Guardian (2013-yil 19-fevral). 2017-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
  3. „Ecuadorʻs ruling-party candidate Moreno declared presidential winner“. ABC News.
  4. Worldcrunch. „"Big Day" For Ecuadorʻs Lenin Moreno“. Worldcrunch (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  5. Londoño, Ernesto. „Ecuador Elects Worldʻs Only Head of State in a Wheelchair“. New York Times (7-aprel]] 2017). Qaraldi: 28-aprel]] 2017.
  6. Santiago PIEDRA SILVA. „New leftist Ecuador president takes office“. Yahoo.com (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  7. Xato: |sarlavha= andozasida parametr koʻrsatilmagan {{publikatsiya}}.
  8. United Nations (2013-yil 19-dekabr). „Secretary-General Appoints Lenín Voltaire Moreno Garces of Ecuador Special Envoy on Disability and Accessibility“ (en-US). Press-reliz.
  9. „Специальные/личные представители, посланники и советники Генерального секретаря ООН“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  10. Lenin Moreno stal kandidatom ot pravyaщey partii v prezidenti Ekvadora (Wayback Machine saytida 2017-02-19 sanasida arxivlangan) RIA Novosti
  11. „Ленин и светлое будущее Эквадора: что известно о лидере президентской гонки“ (ru). ТАСС. 2017-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
  12. „Президент Эквадора объяснил отзыв у Ассанжа права на убежище / РБК“. 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-aprel.
  13. „NBC News WikiLeaks founder Julian Assange arrested by police in London“. 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-aprel.
  14. „Правительство Эквадора покинуло Кито“. Deutsche Welle (2019-yil 8-oktyabr). 2019-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
  15. Ángel, Ronald „Ecuador: The scandalous case that affects Lenín Moreno and for which the Prosecutor's Office carries out raids“ (en). El Ciudadano (2022-yil 15-fevral). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  16. „INA Papers: The Corruption Case Against Ecuador's President Lenin Moreno“ (en-US). www.telesurenglish.net. 2023-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  17. Wadhwa, Tanya „Bribery charges to be filed against former Ecuadorian President Lenín Moreno“ (en-US). Peoples Dispatch (2023-yil 26-fevral). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  18. „Rafael Correa affirms Moreno INA papers investigation led to Facebook page block“ (en). www.radiohc.cu. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.