Laziz Qayumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Laziz Poʻlatovich Qayumovdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Laziz Poʻlatovich Qayumov (1930.23.4, Qoʻqon 2004.11.1, Toshkent) — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), filol. fanlari doktori (1963), professor (1965). A.P.Qayumovnij ukasi, Oʻrta Osiyo davlat universitetining filol. fakultetini tugatgan (1952). Shu universitetda oʻqituvchi (1953—56), dotsent (1956—65), dekan (1960—62), SSSR xalklari adabiyoti kafedrasining mudiri (1963—85; 1988 yildan). "Oʻzbekiston madaniyati" (1962— 81), "Sovet Oʻzbekistoni" (1984—88) gaz.ning bosh muharriri. Hamza ijodiga bagʻishlangan "Inqilob kuychisi" (Hamza Hakimzoda biografiyasi) (1962), "Inqilob va ijod" (1964), "Inqilobiy drama" (1970), "Hamza" (1973, 1989) kitoblari nashr etilgan. "Shoira Zulfiya" (1965, 1975) "Olmos isteʼdod" (1965), "Zamondoshlar" (1972), "Asr va nasr" (1975) va boshqalar asarlarida adabiyotshunoslik va oʻzbek adabiyotiga oid muammolar ochib berilgan. "Oʻqituvchi" (1954), "Gulistoning sening", "Mehri daryo" (1975) voqeiy hikoyalar va "Meridiandagi uchrashuvlar" (1976) publitsistik maqolalar toʻplamlari ham bor. "Barhayot Hamza" (1967), "Hamza teatri" (1968), "Farzandingman, Oʻzbekiston!", "Gul sayli" (1972) kabi hujjatli filmlar ssenariysi muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Manbalar[tahrir]

  • Saylanma, [ikki jildlik], T., 1981, 1983.

Adabiyot[tahrir]

  • Olimov M., Laziz Qayumov; Adabiy portret, T, 1980;Laziz Qayumov [Xotiralar], T, 2005.