Lazar Minor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lazar Minor
Tavalludi 17-dekabr 1855-yil
Vilnyus, Rossiya imperiyasi
Vafoti mart 1942-yil
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi tibbiyot
Ilmiy darajasi fan doktori

Lazar Solomonovich Minor (1855-yil, Vilnyus – 1942-yil, Toshkent) – rus va sovet nevropatologi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1927).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lazar Solomonovich 17-dekabr 1855-yil Zelik (Solomon Alekseyevich) Minor oilasida tavallud topgan. U 4-Moskva gimnaziyasini (1874)[1] va Moskva universitetining tibbiyot fakultetini (1879) imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Lazar A. Y. Kojevnikov va A. I. Babuxin bilan asab kasalliklari klinikasi va gistologik laboratoriyada ishlay boshladi. Tez orada harbiy xizmatga chaqirildi. U yerda Moskva harbiy gospitaliga shifokor etib tayinlandi va bir yil ishladi.

Minor 1882-yilda miyadagi funksiyalarni lokalizatsiya qilish masalasini oʻrgangan va „Striatumning ahamiyati masalasi boʻyicha“ mavzusidagi dissertatsiyasi uchun tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Himoyadan soʻng bilimini yaxshilash uchun Fransiya poytaxti Parijdagi J. Charcot klinikasida va Vulpian laboratoriyasida ishlashga joʻnab ketdi[2].

Lazar 1884-yildan Moskva universitetida dotsent lavozimida dars berdi. Shuningdek, u Yauzskaya va Basmannaya ishchilar kasalxonalarida maslahatchi boʻlib ishladi. 1896-yilda Devichye maydonida Alekseyevskaya poliklinikasi ochilgandan soʻng, poliklinikaning nevrologiya boʻlimi mudiri boʻlib faoliyat olib bordi.

Lazar 1910-yildan 1932-yilgacha Oliy ayollar kurslarida tashkil etilgan nevropatologik klinikaning direktori boʻlib ishladi va kurslarda (1918–1929-yillarda 2-Moskva davlat universitetida) asab kasalliklari boʻyicha maʼruzalar oʻqidi[3].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minorning qizi Nina Lazarevna Minor (1886–1944) 1936-yilgacha turmush oʻrtogʻi faylasuf Sergey Iosifovich Gessen bilan yashagan. 1942-yilda oʻgʻli shoir Yevgeniy Sergeyevich Gessen (1910–1945) bilan birga Terezin konslageriga surgun qilingan. Nina Maliy Trostenets konslagerida, oʻgʻli Osvensim konslagerida vafot etdi. Uning kenja oʻgʻli polshalik slavyan Dmitriy Sergeyevich Gessen (1916–2001) Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi boʻlgan.

Minorning oʻgʻli Viktor Lazarevich Minor (1890–?) nevropatolog[4] va tibbiyot fanlari doktori boʻlgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „НЭБ - Национальная электронная библиотека“ (ru). rusneb.ru - Национальная электронная библиотека. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  2. „Летопись Московского университета“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  3. S 1930 goda – 2-y Moskovskiy meditsinskiy institut.
  4. „Про Виктора Лазаревича Минора“. www.famhist.ru. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  5. Nauka i zhiznʹ. Izd-vo "Pravda", 1975.