Latte

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Latte (italyancha: caffè latte [kaffeˈlatte] — "sutli qahva ")[1] ― asli Italiyadan kelib chiqqan, sut (italyancha: latte) va espressodan tayyorlanuvchi qahva. Lattening asosini sut tashkil qiladi. Finjon yoki bokalda sut, espresso va koʻpikning uch qavatlik aralashmasini hosil qilinadi[2].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyada latte uyda tayyorlanib, odatda faqat tushlikka qadar ichiladi. Latte moka va bir stakan isitilgan sut yordamida tayyorlanadi. Koʻpincha, latte espressodan tayyorlanadi, u ham issiq, ham sovuq sut koʻpirtirilib toʻldiriladi. Bunday ichimlikdagi espresso, koʻpirtirilgan sut va sut koʻpigining nisbati 1: (2 yoki 3): 1 boʻladi, bu ichimlikning oʻziga xos taʼmini, aromatik va estetik xususiyatlarini his etish imkonini beradi.

Qoʻshimcha taʼm sezgilarini uygʻotish uchun koʻpikli lattega koʻpincha dolchin, shokolad yoki yongʻoq parchalari kabilar qoʻshiladi[3]. Amaretto siropi qoʻshilishi ham mumkin. Shinavandalar qahvaning achchiq taʼmi va amaretto likyorining kombinatsiyasi ajoyib taʼmga ega boʻlishini, bu esa hech bir qahvaxoʻrni befarq qoldirmasligini taʼkidlashadi[4].

Dasturxonga tortish[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bir qator muassasalarda latte shisha bokalda salfetka bilan beriladi. Shisha idish shaffof boʻlib, ichimlikning qatlamlari tuzilishini koʻrishga imkon beradi, bu esa taʼmni his etish bilan birga estetik zavq ham beradi.
  • Latte koʻpincha turli xil koʻpikli sut naqshlari bilan bezatiladi. Latte va kapuchino ustida naqsh yaratish latte art deb ataladi.

Oʻxshash ichimliklardan farqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Latte tarkibi

Latte va latte macchiato[tahrir | manbasini tahrirlash]

Latte latte macchiato ichimlipiga oʻxshaydi. Latte macchiatodan asosiy farqi shundaki, u tayyorlanganda sutga kofe qoʻshiladi (lattedagi kabi qahvaga sut emas) va ichimlikni tayyorlashda sut, espresso, sut koʻpigi ketma-ket solinadi[5].

Latte qahvaga kuchli taʼm beradi, latte macchiato — bu sut.

Latte va sutli qahva[tahrir | manbasini tahrirlash]

Latte retsepti fransuz ichimligi "sutli qahva" (fransuzcha: Café au lait)ga oʻxshaydi. Ushbu ichimliklar oʻrtasidagi asosiy farqlar uning tayyorlanish texnologiyasi va dasturxonga uzatish uslubida:

  • Yevropada sutli qahva ham espresso, ham amerikano bilan tayyorlanishi mumkin. Latte uchun esa faqat espressodan foydalaniladi.
  • Shimoliy Amerikada qora qahvadan (tomchilash yoki fransuz pressida tayyorlangan) tayyorlanadi, bu uni espresso qoʻshilgan lattedan ajratib turadi.

Latte va kapuchino[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lattening bir portsiyasi Irland qahva stakanida (240-360 ml) beriladi, tabiiyki, dasturxonga finjonlarda (150-180 ml) beriladigan kappuchinoga nisbatan kattaroq hajmga ega. Shu bilan birga, espressoning bir xil miqdorda solinadi. Kappuchino hajmi sutning bir qismi solinganligi tufayli latte bilan solishtirganda kamroq boʻladi (espresso, sut va sut koʻpiklarining nisbati klassik lattedan farqli oʻlaroq bir xil). Servirovkasi va ingredientlarning nisbati bilan bir qatorda, kapuchinoning koʻpigining zichligi bilan lattedan farq qiladi. Koʻpikni isteʼmol qilish uchun qoshiq talab qilinadi.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Комментарий портала грамота.ру Arxivlandi 2014-02-03 Wayback Machine saytida. о постановке ударения в слове «латте»
  2. Наталья. „Кофе латте: калорийность, состав, как правильно пить, разновидности напитка“ (ru). Kofegid.info - гид по кофе и кофейным напиткам (10-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
  3. „Кофе латте содержание полезных веществ, польза и вред, свойства“. foodfor.ru. Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
  4. „Кофе амаретто: рецепт, отзывы, калорийность, как приготовить дома“ (ru). Кофе - это всегда хорошая идея! (26-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
  5. Young D. Coffee Love: 50 Ways to Drink Your Java. — Wiley, 2009. — С. 26. — ISBN 9780470289372

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]