Latte-art

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Rozetta“ namunasi — latte-artning eng keng tarqalgan turi

Latte-art (italyancha: latte art — „sut“ + „sanʼat“) koʻpikli sutni espressoga quyishning maxsus usuli boʻlib, buning natijasida qahva yuzasida turli naqshlar yaratiladi. Bundan tashqari, naqsh oddiygina koʻpikning yuqori qatlamiga, masalan, tishchoʻp yoki boshqa oʻtkir buyumlar bilan chizish orqali yaratilishi mumkin. Latte-art sut va qahvaning nisbatlariga qatʼiy rioya qilishni talab qiladi.

Qisqacha sharh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sut tayyorlanish jarayoni. Latte-art uchun juda koʻpikli sut
Latte-art yaratish jarayoni

Sut 65-67°C haroratgacha maʼlum bir tarzda koʻpirtiriladi. Natijada bir hil kremsifat koʻpik hosil boʻlishi kerak. Sutni tayyorlash, uni maʼlum miqdorda koʻpik chiqariladigan haroratga keltirilishidan iborat. Sut qahvaga quyilsa, sut koʻpiki qahva bilan aralashib, murakkab shakldagi naqshlarni hosil qiladi. Naqsh hosil qilish jarayoni baristaning qattiq nazorati ostida oʻtadi. Sut katta pufakchalarsiz boʻlishi kerak.

Espresso sifati ham juda muhim, qahva qizil-jigarrang rangga aylanishi uchun 20-30 soniya davomida pishirilishi kerak.

Uslublari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng keng tarqalgan uslub — gul yoki bargni eslatuvchi „Rozetta“ (rasmda) hisoblanadi. Barista sut quyayotganda sut idishini u yoqdan bu yoqqa siljitadi, natijada gulbarglar paydo boʻladi. Qadah egilib turgan holatda unga sut quyiladi, buning natijasida koʻpik notekis koʻtariladi va hosil boʻlgan gulbarglar turli oʻlchamlarda boʻladi. Keyin, yakunida u pastdan yuqoriga yupqa sut chizigʻini tortadi va shu bilan gul poyasini hosil qiladi.

Latte-artda uchta asosiy shakl mavjud — gul, olma va yurak. Qolganlari ularning hosilalari.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]