Langar (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qishloq
Langar
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona viloyati
Tuman Qoʻshtepa tumani
Koordinatalari 40°31′24″N 71°39′14″E / 40.52333°N 71.65389°E / 40.52333; 71.65389Koordinatalari: 40°31′24″N 71°39′14″E / 40.52333°N 71.65389°E / 40.52333; 71.65389
Aholisi 1 800 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Langar (qishloq) (Oʻzbekiston)
Langar

Langar — Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi qishloq. Tumanning maʼmuriy markazi. 440 m balandlikda joylashgan. Viloyat markazi (Fargʻona)dan 25 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Margʻilon (14 km). Aholisi 1,5 ming kishi (2002). Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Qishloq hududidan Margilon, Fargʻona, Andijon shaharlari yunalishida avtomobil yullari utgan. L .ga 1860-yillarda asos solingan.

Margʻilondan Markaziy Fargʻonaga, choʻldan Margilonga keluvchilar usha joyda tuxtab, dam olib, soʻngra yulga tushganlar. Shu bois "Langar" (yulovchi yoki karvon toʻxtaydigan manzil) soʻzi keyinchalik vujudga kelgan qishloq nomiga aylangan.

L.da aloqa boʻlimi, umumiy taʼlim maktabi, agroiqtisod kasb-xunar kolleji, kutubxona, kasalxona, "Istiqbol nuli" gaz. taxririyati binosi, savdo, madaniy va maishiy xizmat kursatish shoxobchalari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil