Lace Marketi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lace Marketdagi Broadway koʻchasi

Lace Market – Angliyaning Nottingham markazidagi tarixiy hudud. Bu Britaniya imperiyasi davrida jahon toʻr sanoatining markazi boʻlgan. Hozirgi kunda bu joy muhofazaga olingan. Lace Marketi bezakli toʻr saqlash, namoyish qilish, sotish uchun savdo xonalari va omborlar maydoni hisoblangan. Lace Marketi Hockleyga tutash qismida turli xil barlar, restoranlar va doʻkonlar joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lace Marketidagi Avliyo Mary cherkovi

Lace Market – Britaniya imperiyasi davrida jahon toʻr sanoatining yuragi boʻlgan. Bu yer XIX asr arxitekturasining taʼsirchan namunalariga toʻla boʻganligi uchun muhofazaga olingan hududi hisoblanadi. Bozorda hech qanday xususiy doʻkonlar boʻmagan, lekin toʻrni saqlash, namoyish qilish, sotish uchun savdo xonalari va omborlar mavjud edi. Hududning koʻp qismi Viktoriya davriga xos boʻlib, zich joylashgan 4-7 qavatli qizil gʻishtli uylar bilan qoplangan. Temir panjaralar, eski gaz lampalari va qizil telefon qutilari ham sayyohlarga Viktoriya Angliyasiga qaytish hissini beradi. Adams binosi (hozirgi Nottingham kolleji shahar kampusining bir qismi) Thomas Chambers Hine tomonidan ishlab chiqilgan va oʻz fabrikalarida Viktoriya davrining odatiy ish sharoitlarini yaxshilash uchun koʻp ish qilgan. Bino taniqli Kvaker Tomas Adams uchun qurilgan edi.

Bu hududda Viktoriya davriga oid boʻlmagan baʼzi binolar ham joylashgan, masalan, Avliyo Mary cherkovi, Adolat galereyasi va Gruziyaning goʻzal koʻchasi.

Nottingham joylashgan hudud asl Sakson aholiga tegishli boʻlgan. Normanlar istilosidan oldin shahar eng qadimgi xristian fondiga ega edi. Sent-Mary cherkovi bu yerda joylashgan uchinchi cherkovdir. Cherkov 1474-yilda qurib bitkazilgan, uygʻonish davri ingliz perpendikulyar arxitekturasining ajoyib namunasi hisoblanadi.

Lace Marketdagi Adams binosi

Lace Market hududida1870-1906-yillar mahalliy meʼmor Watson Fothargill tomonidan ishlab chiqilgangi yana bir ajoyib meʼmorchilik asari bu ombordir. Unda ishlatilgan gotika uygʻonishi va qadimgi ingliz xalq tili uslublaridagi bezaklar Viktoriya davrida juda mashhur boʻlgan.

Lace Marketidagi Milliy adolat muzeyi

Buyuk Britaniyaning har bir yirik shahri buyuk sanoat inqilobidan taʼsirlangan. Nottingham oʻzining asosiy dvigateli boʻlgan Lace bozori 1890-yillarda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan. Uning birgina paypoq sanoatida 25 000 nafar ayol ishchilar bor edi. 1970-yillarda texnologiya oʻzgargani va mehnatga layoqatli aholi soni 5000 kishidan kamayganligi sababli toʻr ishlab chiqarish pasayib ketdi va koʻplab fabrikalar yaroqsiz holga kelib, tanazzulga yuz tutdi. Lace bozori buyuk inqilobni boshdan kechirdi va shahar sanoati qissqa vaqt oraligʻida qayta tiklandi. Ushbu oʻzgarish 1978 -yilda Nottingham shahar kengashi binosini taʼmirlashdan boshlandi. Bunga davlat grantlarini taklif qiluvchi „Operation Clean Up“ kompaniyasi boshchilik qilgan[1]. Eskirgan deyarli barcha omborxonalar tozalandi va taʼmirlandi. Hashamatli kvartiralar, yuqori darajadagi ofislar va oʻquv binolari quruldi. Bir nechta PR va dizayn agentliklari, shuningdek, texnologiya kompaniyalari Lace Marketni oʻzlarining uyiga aylantirdilar.

Lace Marketidagi Kayes Walk

Lace Market bozoridagi baʼzi koʻchalar hozirda sayyohlik joylariga aylangan, masalan, Milliy adolat muzeyi . County Gaolning (qamoqxona) kiraverishidagi galereya va eski sud mahkamalari devoriga toshboʻronchilar tomonidan qoʻpol sozlar yozibgan. Bu sud mahkamasi 1375-yilda qurulgan va hozir Georgian binosi foydalanilmoqda.

XIX asrning toʻr mashinalarining baʼzilari bugungi kunda ham mavjud va bu kompyuterlar bilan bogʻlangan. Lace Market va uning baʼzi eski binolarga sayohlar tashrif buyurib turishadi.

Tramvay bekati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu hududda Lace Market tramvay bekati joylashgan va Nottingham Express Transit xizmat koʻrsatadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Powell, Kenneth. Nottingham Transformed — 17 bet. 


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Nottingham