Boshqird tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Língua bashkirdan yoʻnaltirildi)
Boshqird tili
Milliy nomi Башҡорт теле
Mamlakatlar Qozogʻiston Qozogʻiston
Rossiya Rossiya
Rasmiylik holati  Boshqiriston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1 223 744 (2010-yilgi)[1]
Turkumlanishi
Til oilasi Oltoy
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-1 ba
ISO 639-2 bak
ISO 639-3 bak


Boshqird tili — boshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tili da 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Uchta dialekt mavjud. Boshqird tili turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha: 1) umumturkiy ye, o va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi; 2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday); 3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi; 4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam); 5) Boshqird tili dagi s umumturkiy ch ga moye keladi; 6) toʻla shakllanmagan unlilar — i, yo, ye, v (i, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929-yilgacha), lotin (1929— 39) va kirillitsa (1940-yildan) alifbolari asosida.[2]

Boshqird tili (tinglang [bɑʃqɵrt tɨlɨ]) — Boshqirdistonda rasmiy til maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 379 000 kishi gapiradi (2002).

Til
birlik koʻplik
Boshqirdcha Oʻzbekcha Boshqirdcha Oʻzbekcha
Мин Men Бeҙ Biz
Һин Sеn Һеҙ Senlar
Ул U Улaр Ular

Boshqird alifbosi

А а Б б В в Г г Ғ ғ Д д Ҙ ҙ Е е
Ё ё Ж ж З з И и Й й К к Ҡ ҡ Л л
М м Н н Ң ң О о Ө ө П п Р р С с
Ҫ ҫ Т т У у Ү ү Ф ф Х х Һ һ Ц ц
Ч ч Ш ш Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ә ә
Ю ю Я я

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lewis, M. Paul (ed.). „Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition.“ (en). Dallas, Tex.: SIL International. (2009). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  2. "Boshqird tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil