Kyuri nuqtasi
Kyuri nuqtasi (Kyuri temperaturasi) (9 yoki G.) — fazaviy oʻtishlar nuqtasiga yaqinlashgan sari modda holatining oʻzgara borishi bilan harakterdanadigan 11-tur fazaviy oʻtishlar temperaturasi; modda bu temperatura G da sifat jihatidan yangi xossaga ega boʻladi. T — Kyuri nuqtasi deyilib, fazaviy oʻtishlarni ferromagnepgiklarda mukam-mal ravishda oʻrgangan va 1895 yilda Ts=770° temperatura mavjudligini ochgan P. Kyuri sharafiga qoʻyilgan. Kyuri nuqtasidan past temperaturada ferromagnetiklar spontan (oʻz-oʻzidan) magnitlanganlik xossasiga ega boʻladi. Ferromagnit qizdirilganda va Kyuri nuqtasiga yaqinlashganda atomlarning issiqlik harakati mavjud magnit tartibni, yaʼni atomlarning magnit momentlarining oriyentatsiyasini buzib yuboradi. G dan yuqori temperaturalarda ferromagnetikning spontan magnitlanganligi yoʻqoladi, ferromagnetik paramagnetik qolatda oʻtadi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |