Kvevri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvevri (gruzincha: ქვევრი; Gʻarbiy Gruziyada churi (ჭური) nomi bilan ataladi) — anʼanaviy gruzin sharobini fermentatsiya qilish va saqlash uchun foydalaniladigan yirik sopol idish. Kvevrilar tutqichsiz katta tuxum shaklidagi amforalar kabi yer ostiga koʻmiladi yoki koʻplab sharoblar saqlanadigan joy poliga oʻrnatiladi. Kvevrining hajmi 20 litrdan 10 000 litrgacha boʻladi.

Gruziyaning janubidagi Kvemo Kartli viloyatida (xususan, Dangreuli Gora, Gadachrili Gora va Imiri qishlogʻida) olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasiga koʻra, miloddan avvalgi 6-ming yilliklarga oid uzum urugʻlari hamda kvevrilari haqida dalillar topilgan.[1]

Kvevrida sharob tayyorlash jarayoni uzumni bosib, soʻngra uzum sharbati, poʻstlogʻi, poyasi va urugʻini kvevriga quyishdan iborat hisoblanadi. Keyin sharob fermentatsiya qilinadi, bu esa kamida besh oydan olti oygacha vaqt olishi mumkin. Undan soʻng boʻsh kvevri tozalab yuviladi, ohak bilan sterilizatsiya qilinadi va uni toʻldirish maqsadida unga asal mumi ham solinadi.

Anʼanaviy gruzin sharoblari bir xil usulda tayyorlanmaydi. Umumiy xususiyat shundaki, ular kvevrida butunlay yerga koʻmiladi. Qolgan sharobni tayyorlash jarayonlari deyarli bir xil. Natijada, sharob Yevropa standartlariga ancha yaqinlashadi.

Shuningdek, Armanistonning oʻziga xos kvevrisi mavjud, u „karas“ deb ataladi. Shunga oʻxshash idishlar Qadimgi Yunonistonda „pitos“, Markaziy Osiyoda esa „xum“ nomi bilan ataladi.[2]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gruziyada topilgan kvevri tipidagi eng qadimiy sopol idishlar miloddan avvalgi 6-5 ming yilliklarga tegishli hisoblanadi. Aytib oʻtilgan sopol idishlar balandligi 1,5 metrdan oshmaydigan, pastki qismi yassi va keng qorinli kichik gil idishlardir. Hozirgi kunda mavjud boʻlgan kvevrining ovoid shakli miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda shakllangan. 20-asr boshlariga qadar kvevri Gruziyada tayyorlanadigan sharobni ishlab chiqarish va saqlash uchun yagona idish turi hisoblangan.[3]

2011-yilning oxirida Gruziyada kvevri milliy ahamiyatga ega madaniy meros obyekt sifatida eʼtirof etildi. Gruziya hukumati kvevrida sharob tayyorlash usulini UNESCOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida UNESCOga murojaat qilgan[4][5] hamda 2013-yilda roʻyxatga kiritilgan.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. T. Glonti, Traditional technologies and history of Georgian wine (Abstract, PDF file) (Wayback Machine saytida 2015-06-05 sanasida arxivlangan), in Le Bulletin de l’Organisation internationale de la vigne et du vin, July-August-sentabr 2010
  2. „Пифос“. Большая энциклопедия Кирилла и Мефодия. Qaraldi: 2013-yil 29-noyabr.
  3. Dr. David Chichua. „Вино, сделанное в Квеври – история, описание, анализ“ (deadlink). kvevri.com. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-noyabr. (Wayback Machine saytida 2013-12-03 sanasida arxivlangan)
  4. „Грузия хочет внести в список культурного наследия ЮНЕСКО национальный способ виноделия“. Голос России (2013-yil 8-noyabr). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-noyabr.
  5. „«Квеври» стал частью культурного наследия Грузии“. Алкоголь.Су - информационный алкогольный портал (2012-yil 13-fevral). Qaraldi: 2013-yil 29-noyabr.
  6. „Ancient Georgian traditional Qvevri wine-making method“. Inscribed in 2013 (8.COM) on the Representative List of the Intangible Cultural Heritage of Humanity. UNESCO. Qaraldi: 2013-yil 5-dekabr.