Kursk magnit anomaliyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kursk magnit anomaliyasi -Rossiyadagi eng yirik magnit anomaliyasi. Umumiy maydoni 120 ming km² ga yaqin. Ikki asosiy magnit anomaliyasidan tashqil topgan; oʻz. kariyb 600 km, eni 150–250 km, asosan, RFning Kursk, Belgorod, Oryol viloyatlarida joylashgan. Kursk magnit anomaliyasia.ni ilk bor rus olimi P. B. Inoxodsev aniqlagan (1783). 1919 yildan Kursk magnit anomaliyasia.da muntazam geologik va geofizik tekshirishlar olib borildi. 1923 yil Shchigri shahri yonida 167 m chuqurlikda burgʻi kovagi kovlanib, temir ruda qatlami ochildi.

Kursk magnit anomaliyasia. hududi geologik jihatdan tokembriy tor jinslaridan iborat. Ularning orasida magnetit-temirli-kvarsit qatlamlari bor. Proterozoy davri slanetslari izoklival bukilma hosil etgan. Vaqt oʻtishi bilan Kursk magnit anomaliyasia.dagi temirli kvarsitlar shiddatli nurab, gematit-martitli temir rudalarining boʻsh qoplamini hosil qilgan. Undagi temirning miqdori 50% dan ortiq. Bu qoplamlar siderit bilan sementlashib, zich sideritmartitli ruda turini vujudga keltirgan. Ularda 53—57% temir, 3,6—13% qumtuproq, 0,15—0,49% oltingugurt, 0,03% fosfor bor.

Belgorod yaqinida temir rudasi 500 m chuqurlikda. Bu rudalar yuqori sifatli boʻlib, temirning oʻrtacha miqdori 61,5%, qumtuproq 5%, fosfor 0,09% va oltingugurt 0,99%. Kursk magnit anomaliyasia. rudalarining umumiy balans zahirasi 55 mlrd. t ni tashqil etadi. Ular tarkibida magnetit, martit, siderit, shamozit, kalsit bor. Konlardagi ruda ochiq va yer osti usulda qazib chiqarilmoqda. Ru-dalarga "KMA ruda" kombinatida ishlov beriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil