Kurmanbek Jandarbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kurmanbek Jandarbekov
Tavalludi 7-yanvar, 1905-yil
Sirdaryo viloyati, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 9-iyul, 1953-yil
Chimkent, Qozogʻiston SSR, SSSR
Millati qozoq
Sohasi xonanda
Mukofotlari

Kurmanbek Jandarbekov (7-yanvar 1905-yil, Sirdaryo viloyati – 9-iyul 1953-yil Chimkent) – sovet opera xonandasi, rejissor, Qozogʻiston SSR xalq artisti. Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kurmanbek Jandarbekov 1905-yil 7-yanvar kuni Rossiya Imperiyasi tarkibidagi Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1925-yili Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Kurmanbek Jandarbekov 1925-yilda Qiziloʻrda drama teatri aktyori sifatida ish boshladi. 1928-1929-yillarda Herasimov nomidagi kinematografiya institutida tahsil olgan. Kurmanbek Jandarbekov 1934-yilda Abay nomidagi Qozoq davlat teatrida oʻz faoliyatini boshladi. 1944-yildan 1948-yilgacha Qozoq davlat teatri badiiy rahbari, 1953-yildan 1955-yilgacha rejissor hamda 1956-yildan 1959-yilgacha bosh rejissor sifatida faoliyat yuritdi. 1949-yildan Olmaota davlat konservatoriyasining opera yoʻnalishida dars berishni boshlagan. 1961-yildan konservatoriya direktori lavozimiga tayinlangan. Kurmanbek Jandarbekov 1970-yildan professor darajasiga yetishgan.

Sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kurmanbek Jandarbekov qozoq milliy teatrining asoschilaridan biridir. Shuningdek, u bir qancha teatrlarda direktor hamda rejissor sifatida ishlab, qozoq teatriga oʻz hissasini qoʻshgan[1].

Teatrdagi rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muxtor Avezovning „Qorakoʻz“ asari – qoʻshiqchi Sarim
  • Muxtor Avezovning „Enlik-Kebek“ asari – Kebek
  • Furmanovaning „Qoʻzgʻolon“ asari – Furmanov

Kinodagi rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kurmanbek Jandarbekov qozoq sanʼati va madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda adabiyot sohasini aholi orasida targʻib qilganligi uchun „Lenin ordeni“ bilan mukofotlangan. Tuleboevning „Birjan va Sara“ operasini namunali tashkil qilganligi uchun 2-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi turmush oʻrtogʻi Zura Otaboyeva – qozoq drama aktrisasi boʻlib, 1909-1974-yillar oraligʻida yashagan.

Ikkinchi turmush oʻrtogʻi Shara Jiyenqulova – Qozogʻiston SSR xalq artisti, raqqosa. 1912-1991-yillarda yashagan. Sharaning oʻgli Bulat Jandarbekov hisoblanadi. Bulat Jandarbekov „Chirakning jasorati“ dramasi muallifidir[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Калкаман и Мамыр» в Энциклопедии балета“. 2018-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  2. „«Весна» в Энциклопедии балета“. 2018-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.