Kulita karvonsaroyi
| Kulita karvonsaroyi | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumot | |
| Maqomi | Madaniy meros yodgorligi |
| Turi | Karvonsaroy |
| Joylashuvi | Buxoro viloyati |
| Manzili | Mehtar Anbar koʻchasi |
| Shahar | Buxoro |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Qurilishi boshlangan | XIX asr boshlari |
| Qurilishi tugagan | XIX asr boshlari |
| Kulita karvonsaroyi | |
Kulita karvonsaroyi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1]. Karvonsaroy gʻarbiy tomonida Toqi Telpakfurushon savdo gumbaziga tutashgan[2].
Kulita karvonsaroyida avval ayollar bosh kiyimi bilan savdo qilingan, soʻngra unda sarroflar faoliyat olib borishgan. Keyinchalik unda tatar savdogarlari istiqomat qilishgan va Rossiya imperiyasidan olib kelingan tovarlar saqlangan. 1920-yilgi Buxoro inqilobidan soʻng binodan ombor sifatida foydalanilgan. Keyinchalik u Buxoro shahar kommunal xoʻjaligi ixtiyoriga berilib, binodan aholi uchun yotoqxona sifatida foydalanilgan[2].
1992-yildan buyon karvonsaroyda Oʻzbekistondagi ilk temirchilik hunari muzeyi faoliyat koʻrsatyapti[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Караван-сарай Кулута“. Rusrav.uz (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
