Kubik metr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Betonning kubometri

Kubik metr (m³, kubometr) — hajm oʻlchov birligi; yonlari 1 metr uzunlikka ega kub hajmiga teng.

1 m³ = 1000 dm³ = 1 000 000 sm³ = 1 000 000 000 mm³ = 1 000 litr ≈ 35,3 kubik fut ≈ 1,31 kubik yard ≈ 6,29 barrel.

Toza suvning kubometri uning eng katta zichligi (3,98 °C) haroratida va standart atmosfera bosimida (101,325 kPa) 1000 kg = 1 tonnaga teng massaga ega boʻladi. 0 °Cda, suvning muzlash haroratida, suvning kubometri bir oz yengil — 999,972 kg.

Kubik metr suvni isitish uchun 0 dan 100 gradus haroratgacha 100 000 kilokaloriya (100 MKal) yoki 116,299 kilovatt-soat talab etiladi.