Kontent qismiga oʻtish

Krepitatsiya (crepitatio)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Krepitatsiya (lotincha: crepitatio – yorilish, ingilizcha: chirsillash, xirillash) oʻziga xos belgi boʻlib asosan oʻpkaning alveolalarda paydo boʻladigan qoʻshimcha nafas olish shovqini. Kreptatsiya atamasini 1819-yilda Theophile Rene Marie Hyacinthe Laennek tomonidan pnevmoniyaning auskultativ tekshiruvlarida aniqlagan[1]. Xususiyatiga koʻra ushbu tovushni nam xirillashlarga oʻxshatish mumkin. Bu barmoqlarni qirsillashi va sochlarni quloq ortiga toʻgʻrillash vaqtida eshitiluvchi ovozni eslatadi. Alveolalar boʻshligʻida oz miqdorda suyuq shilliq toʻplanishi krepitatsiya vujudga kelishining asosiy sababidir. Krepitatsiya chuqur nafas olayotganda yaxshiroq eshitiladi. Nafas olish vaqtida oʻpka devorlari jipslashadi va chiqarish paytida esa bir-biridan uzoqlashadi. Shuning uchun krepitatsiyani nafas olishninig choʻqqisida eshitish mumkin[2].

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Krepitatsiya oʻpkaning alveolalarida oʻzgarishlar vujuda kelganini va oʻpka toʻqimasining jarohatlanganidan dalolat beradi. Krepitatsiyani oʻpkani auskultatsiya qilinganda quyidagi hollatlarda eshitish mumkin[3].

● Oʻpka toʻqimasida yuzaga chiqadigan shishlarda (Oʻpka shishida alveolalrda suyuqlik hosil boʻla boshlaganda krepitatsiya eshitiladi).

● Krupoz zotiljamning boshlangʻich va soʻnggi davrlarida

● Allergik alveolitda

● Xamman-Rich kasalligida

● Oʻpka infarktida

● Oʻpka atelaktazida

● Pnevmoniyada

Krepitatsiya bazan sogʻlom kishilarda ham eshitilishi mumkin. Keksa yoshdagi insonlarda fiziologik atelektazda (oʻpkaning uzoq muddat nafas olishda ishtirok etmasligi va boʻshashgan holatlarida boʻlishi) oʻtib ketuvchi krepitatsiyani yuzaga chiqarishi mumkin[4]. Xusuiyatiga koʻra krepitatsiyaga yaqin boʻlga mayda nam xirillashlar subkrepitatsiya deb ataladi. Krepitatsiya va nam xirillashlarni bir-biridan asosiy farqi yoʻtaldan soʻng krepitatsiya oʻzgarmaydi, nam xirillashlar esa yoʻtaldan soʻng sonini ortishi, kamayishi, yoʻqolishi va davomiyligi oʻzgarishi mumkin. Ularni nafas olish va nafas chiqarish vaqtida eshitish mumkin va shu belgilar bilan krepitatsiyadan farqlanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xirillash

Auskultatsiya

Yoʻtal

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]