Kosonsoy stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kosonsoy Stadioni
Joyi Kosonsoy, Oʻzbekiston
Qachon qurilgan 1978-1980 yillar
Qachon ochilgan 1980-yil
Egasi Kosonsoy (futbol klubi)
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 22.000 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Kosonsoy (futbol klubi)

Kosonsoy stadioni (oʻzb . „Kosonsoy“ stadioni / „Kosonsoy“ stadioni) — Oʻzbekistonning Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi koʻp funksiyali stadion . U 22 000 tomoshabinga moʻljallangan va Oʻzbekistondagi yirik stadionlardan biri hisoblanadi . Bu mahalliy Kosonsoy futbol klubining uy arenasidir .

Sovet davrida ochilgan. Namangandagi " Markaziy " stadionini rekonstruksiya qilish jarayonida " Navbahor " futbol klubi uy uchrashuvlarini shu stadionda o‘tkazdi. Stadion Madaniyat va Sport ishlari vazirligining Kosonsoy tumani boʻlimiga qarashlidir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yil Kosonsoy tumani hokimi Samaraxon Karimov saʼy-harakatlari evaziga hashar yoʻli bilan qurilgan “Markaziy” oʻyingoh oʻz bagʻriga qogʻozda 20 ming ishqibozni sigʻdirsa-da, amalda bemalol 22 ming muxlis oʻyinni bevosita stadionda koʻrish imkoniyatiga ega. Stadionda mexanik tablo ishlaydi.[1]

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadionning atrofida 4ta sunʼiy qoplamali maydonlar bor. Jamoa sunʼiy qoplamali maydonda toʻp suradigan raqiblariga qarshi bahslarga tayyorgarlik jarayonida shu maydonlardan foydalanadi. Bundan tashqari, qish faslida ham bu maydonlar jamoaga xizmat koʻrsatadi. Klubning bazasi ham stadionda joylashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „“Навбаҳор”нинг иккинчи “уйи”“ (2015-yil 12-sentyabr). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]