Kosatka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kosatka (Orcinus orca) - tishli kitlar turkumining delfinsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Erkagining oʻz. Yum gacha, ogʻirligi 8 t gacha, urgʻochisi kichikroq. Yelka soʻzgichi toʻmtoq va juda keng, orka soʻzgichi juda baland (erkagida 1,7 m gacha, urgʻochisida 0,9 m gacha). K. kosmopolit, Arktikadan Antarktidagacha boʻlgan ochiq dengizlarda tarqalgan. Soatiga 55 km gacha tezlikda soʻza oladi. Boʻgʻozlik davri 16 oyga yaqin. Oʻz. 2—3 m keladigan bitta bola tugʻadi. 35 yilcha umr koʻradi.

Kitsimonlar orasida yagona yirtqich tur, asosan, boshoyoqli mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi, baʼzan koʻrakoyoqlilar (tyulen) va kitsimon (delfin)larga hujum qiladi. Odam uchun xavfli emas. Tutqunlikka koʻnikadi, yuvvosh, oson qoʻlga oʻrganadi. Koʻplab ovlanadi. Oʻrtacha kattalikdagi K.dan 1 t gacha yogʻ, 1,5—3 t gacha goʻsht olinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil