Concorde

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Konkorddan yoʻnaltirildi)
Concorde
British Airways Concorde 1986-yilda
British Airways Concorde 1986-yilda
Supersonik avialayner
Ishlab chiqaruvchi British Aircraft Corporation (keyinchalik, British Aerospace va BAE Systems)
Sud Aviation (keyinchalik, Aérospatiale va Airbus)
Milliy kelib chiqishi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Fransiya bayrogʻi Fransiya
Birinchi parvoz 2-mart 1969-yil
Xizmatga kirish 21-yanvar 1976-yil (tijorat maqsadida)
Xizmatdan chiqish 24-oktabr 2003-yil[1]
Foydalanuvchilar Air France
British Airways
Braniff International Airways
Singapore Airlines
Ishlab chiqarish yillari 1965–1979

Concorde (talaffuzi: Konkord) oʻrta masofali, toʻrt motorli, tor korpusli va supersonik (tovushdan tez uchuvchi) yoʻlovchi samolyotidir. Uning maksimal tezligi 2.04 Ma (1 354 metr/soat) ni tashkil qilib, bu tezlik tovush tezligidan ikki barobar ortiqdir. 92 tadan 128 tagacha yoʻlovchiga moʻljallangan. 1969-yilda ilk sinov parvozini amalga oshirgan Concorde 1976-yilda tijoriy parvozini amalga oshirdi va 27 yil davomida yoʻlovchi tashidi. Bu tayyora tijoriy maqsadlar uchun foydalanilgan jahondagi ikki supersonik samolyotdan biridir; ulardan ikkinchisi Sovet Ittifoqi tomonidan ishlab chiqarilgan Tupolev Tu-144 samolyoti boʻlib, bu samolyot 1970-yillarning oxirlarida yoʻlovchi tashigan.[2][3]

Concorde Fransiyaning Sud Aviation (keyinchalik, Aérospatiale) va Birlashgan Qirollikning British Aircraft Corporation shirkatlari oʻrtasidagi kelishuv asosida loyiha oʻlaroq yaratildi va ishlab chiqarildi. Bu ikki shirkat hamkorlikda ushbu samolyotdan 20 dona tayyorlashdi. Air France va British Airways shirkatlari Concordeni sotib olgan hamda uni parvozini amalga oshirgan yagona aviakompaniyalar boʻldi. Samolyotdan asosan uning tezligi va hashamatli xizmati uchun yuqori narx toʻlashga qodir boʻlgan boy yoʻlovchilar foydalanishgan. 1997-yili New Yorkdan Londonga boʻlgan ikki tomonlama chipta narxi $7 995 (2020-yilda $12 900 ga ekvivalent) ni tashkil etgan boʻlib, bu narx ushbu yoʻnalish boʻyicha rejalashtirilgan eng arzon parvozdan 30 barobar qimmatdir.[4]

Concorde Airbus muzeyida (Toulouse, Fransiya)

Tayyorlangan 20 dona samolyotdan[5] 18 tasi yaxshi holatda qolgan.

Registratsiya Livery Joylashuv
G-AXDN British Airways Cambridge, Angliya
G-BBDG British Airways Surrey, Angliya
G-BOAA British Airways North Berwick, Shotlandiya
G-BOAB British Airways Heathrow, Angliya
G-BOAC British Airways Manchester, Angliya
G-BOAD British Airways New York, AQSh
G-BOAE British Airways Charnocks, Barbados
G-BOAF British Airways Filton, Angliya
G-BOAG British Airways Seattle, AQSh
G-BSST British Aircraft Corporation Yeovilton, Angliya
F-BTSD Air France Le Bourget, Fransiya
F-BVFA Air France Dulles, Virginia, AQSh
F-BVFB Air France Sinsheim, Germaniya
F-BVFC Air France Blagnac, Fransiya
F-BVFF Air France Roissy-en-France, Fransiya
F-WTSA Air France Athis-Mons, Fransiya
F-WTSB Air France Blagnac, Fransiya

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lawless, Jill „Final Concorde flight lands at Heathrow“. The Washington Post (26-oktabr 2003-yil). 13-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2017-yil.
  2. Gordon and Rigmant 2005
  3. Melik-Karamov [Мелик-Карамов], Vitaly [Виталий] „Life and Death of the Tu-144, [Жизнь и смерть самолёта Ту-144“]. Flame [Огонёк] (2000-yil yanvar). 15-noyabr 2000-yilda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2000-11-15 sanasida arxivlangan)
  4. New Design Concepts for High Speed Air Transport (Wayback Machine saytida 2-sentabr 2019-yil sanasida arxivlangan) edited by H. Sobieczky (1997)
  5. Towey 2007, s. 359.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]