Komil Ibrogimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Komil Ibrogimov
Tavalludi 3-yanvar 1956-yil (1956-01-03) (68 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Navoiy shahridagi xunar-texnika bilim yurti
Dini Islom
Bolalari 5 nafar
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Komil Ibrogimov (1956-yil, 3-yanvar; Navoiy viloyati) — Oʻzbekiston qahramoni, Doʻstlik ordeni sohibi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komil Ibrogimov 1956-yil 3-yanvar kuni Navoiy viloyatida tavallud topgan. 1974-yilda Karmana tumanida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi 30-umumta`lim maktabini bitirgan. 1974—1975-yillarda Navoiy shahridagi xunar-texnika bilim yurtida oʻqigan. „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasida oʻz faoliyatini boshlagan. 2014-yilda „Oʻzbekenergo“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan „Oʻzbekiston energetikasi faxriysi“ unvoni bilan taqdirlangan. 1976—1979-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 2009—2014-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashiga deputat sifatida saylangan. Navoiy shahridagi „Bunyodkor“ MFY aholisini qiynab kelayotgan suv muammosini bartaraf etish maqsadida Charxpalak yasattirgan[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 146.
  2. „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi.